3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Davr harajatlarining hisobi


Download 0.61 Mb.
bet115/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

11.3.Davr harajatlarining hisobi




  • 21-son BHMS ga muvofiq davr harajatlarining hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi:

    • 9410 “Sotish harajatlari”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida sotishga doir harajatlar (reklama harajatlari, sotish bilan bog‘liq xodimlarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya harajatlari, transortirovka va boshqa shu kabi sotish bilan bog‘liq harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schyotda aks ettiriladigan harajatlarning aniq turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ning «Sotish harajatlari» nomli bo‘limida to‘lig‘icha keltirilgan. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (5110,5010,6710,6520,6990 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9410- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.

    • 9420 “Ma’muriy-boshqaruv harajatlari”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida boshqaruvga doir harajatlar ( ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya harajatlari, safar harajatlari, telefon aloqasi va boshqa shu kabi boshqaruv bilan bog‘liq harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schyotda aks ettiriladigan harajatlarning aniq turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ning «Ma’muriy –boshqaruv harajatlari» nomli bo‘limida to‘lig‘icha keltirilgan. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (0200,0500,1000,5110,5010,6710,6520,6990 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9420- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.


    • Download 0.61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   190




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling