9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida korxonaning moliyaviy faoliyatga doir boshqa harajatlari, masalan moliyaviy investitsiyalarni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar va boshqa harajatlar aks ettiriladi Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (0600,5800,6990 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9690- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
21-son BHMSga muvofiq favqulotdagi zararlarning hisobi 9720 “Favqulotdagi zararlar” schyotining debetida hisobga olinadi. Bunda favqulotdagi xodisalardan ko‘rilgan zararlarni ko‘rsatuvchi schyotlar, masalan, 0100, 0400, 0700, 1000, 2900 va boshqa schyotlar kreditlanadi. Yil oxirida 9720- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
21-son BHMS ga muvofiq korxonalarning kelgusi davr harajatlarining hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi:
3110 “Oldindan to‘langan ijara haqlari”- ushbu aktiv, doimiy schyotning debetida hisobot davrida kelgusi davrlar uchun oldindan to‘lab qo‘yilgan ijara haqlari aks ettiriladi. Bunda to‘lov shakliga ko‘ra 5010,5020,5110,5210,5220 schyotlar kreditlanadi. 3110- schyotning debetida aks ettirilgan va to‘plangan ijara haqi summasi hisobot davri oylarida bir maromda ushbu schyotning kreditiga va korxonaning harajatlari schyotlarining (0800,2010,2310,2510,9410,9420) debetiga yoziladi. Ushbu schyotning hisobot davri oxirida qolgan qoldiq summasi kelgusi davrga taalluqli bo‘lgan ijara to‘lovi summasini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |