10-bob. Moliyaviy natijalar hisobi mavzu bo’yicha atamalar
Download 403.4 Kb. Pdf ko'rish
|
10 BOB MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI
468 10-BOB. MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI Mavzu bo’yicha atamalar: mutloq to’lov qobiliyati, sof aylanma mablag’i, sof aylanma kapitali, mulk koeffitsienti, moliyaviy qaramlik koeffitsienti, rentabellik koeffitsienti, moliyaviy natija, daromad, sarf, xarajat, foyda, zarar, asosiy faoliyat foydasi (zarari), moliyaviy faoliyat foydasi (zarari), yalpi foyda, favqo’lotda foyda (zarar), sof foyda. Tavsiya etilayotgan o’qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza o’qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik xaritasini ikkinchi va to’rtinchi bosqichlarida ilg’or pedagogik texnologiyani blits- so’rov, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni yangi o’quv materialini bayon etishda esa slaydlar asosida «TUShUNTIRISh» usulidan foydalanish yaxshi natija beradi. Har bir o’qituvchi (ma’ruzachi) o’zining tajribasi va mahoratidan kelib chiqib ma’ruza o’qishning boshqa usullaridan ham foydalanishi mumkin. §1.Korxona moliyaviy natijalari ko’rsatgichlari va ularni tavsifi Foyda korxonaning tadbirkorlik faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmat ko’rsatish jarayonida yaratiladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan omilar, mehnat, kapital va tabiiy resurslar korxona moliyaviy natijasini shakllanishiga ta’sir etadi. Korxona faoliyat natijasida olingan sof daromad foyda deyiladi. Tovarlar bozorida korxonalar nisbatan alohida tovar ishlab chiqaruvchi bo’lib maydonga chiqadilar. Bozorda mahsulotga narx belgilab, uni iste’molchilarga sotadi. Sotish natijasida ular pul tushumini oladilar, bu esa daromad olinganligini anglatadi. Moliyaviy natijani aniqlash uchun tushumni mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajat bilan taqqoslash kerak. Agar tushum xarajatlardan ko’p bo’lsa, moliyaviy natija foyda, agar tushum xarajatlarga teng bo’lsa, moliyaviy natija 469 olinmaydi va faqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qoplangan bo’ladi, agar korxona xarajatlari tushumidan ko’p bo’lsa, unda moliyaviy natija, zarar. Foydani quyidagi iqtisodiy kategoriyalar sifatida talqin etish mumkin: 1. Foyda korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samara. Lekin yagona foyda ko’rsatkichi yordamida korxona faoliyatining barcha tomonlarini baholab bo’lmaydi. Bunday yagona ko’rsatkichning bo’lishi ham mumkin emas. Aynan shuning uchun korxonaning ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy faoliyatini tashkil qilishda ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Foydaning ahamiyati shundan iboratki, u yakuniy moliyaviy natijani aks ettiradi, shu bilan birga uning miqdori va o’zgarishga korxonaning xarajatlariga bog’liq bo’lgan hamda bog’liq bo’lmagan omillar ta’sir qiladi. Foyda rag’batlantiruvchi funktsiyasini bajaradi. Buning mazmuni shundan iboratki, foyda bir vaqtning o’zida moliyaviy natija va korxona moliyaviy resurslarining asosiy elementi hisoblanadi. O’z-o’zini moliyalashtirish tamoyilining real ta’minlanishi olingan foyda bilan belgilanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishni, korxonaning ilmiy-texnik va ijtimoiy rivojlanishini, xodimlarni moddiy rag’batlantirishni moliyalashtirish uchun yetarli bo’lishi kerak. 2. Foyda turli darajadagi byudjetlarni rag’batlantirish manbalaridan biri bo’lib hisoblanadi. U soliqlar ko’rinishida byudjetlarga kelib tushadi va boshqa daromad tushumlari bilan bir qatorda ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishni moliyalashtirish, davlat tomonidan o’z faoliyatini bajarishni ta’minlash, davlatning investitsiya, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida foydaning ahamiyati juda katta. Foyda olishga intilish tovar ishlab chiqaruvchilarni iste’moliga kerak bo’lgan mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirishga, ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Erkin raqobat sharoitida bu orqali nafaqat tadbirkorlarning maqsadiga, balki ijtimoiy ehtiyojlar qondirilishiga ham erishiladi. Zararlarning ham o’z o’rni bor. Ular mablag’larni yo’naltirishda, ishlab chiqarishni tashkil qilishda va mahsulotni sotishdagi xatolarni yoritib beradi. 470 Korxonaning xo’jalik-moliyaviy faoliyatini rejalashtirishda va baholashda hamda korxona ixtiyorida qolgan foydani taqsimlashda sof foyda ko’rsatkichidan foydalaniladi. Korxonaning sof foydasi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, bajarilgan ishlarni, ko’rsatilgan xizmatlarni sotishdan olingan foydasi (zarari) bilan mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lmagan foydalari (zararlari) yig’indisiga teng bo’ladi. Korxonaning yakuniy moliyaviy natijasi balans moddalarini baholash asosida aniqlanadi. Moliyaviy natijalarni buxgalteriyada hisobga olishning asosiy vazifalari quyidagilardir: 1. Moliyaviy natijalarning shakllanishi to’g’ri ekanligini o’rganish; 2. Olingan foyda miqdorini har oyda hamda yil boshidan o’z vaqtida va to’g’ri hisob-kitob qilish; 3. Moliyaviy natijalar bilan bog’liq operatsiyalarni va ularning taqsimlanishini buxgalteriya hisobi schyotlarida va tegishli registrlarda to’g’ri aks ettirish. Korxona qaysi faoliyat turidan foyda olayotganligi va qaysi faoliyat turidan zarar ko’rayotganligini bilish uning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligiga ta’sir etadi. Shuning uchun korxona foydasining tarkibini aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Foyda quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Asosiy faoliyat mahsulotini sotishdan olingan yalpi foyda; 2. Asosiy faoliyatidan olingan boshqa foyda (operatsion foyda); 3. Asosiy faoliyatdan ko’rilgan yalpi foyda 3. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda; 4. Favqulodda olingan foyda; 5. Xo’jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zararlar); 6. Soliq to’laguncha olingan foyda; 7. Yilning soy foydasi Korxona foydasi quyidagi ko’rsatkichlari bilan tasniflanadi: 471 1. Asosiy faoliyat mahsulotini mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda-bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi tavofut sifatida aniqlanadi. Buni matematik modulini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: Download 403.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling