10-bob. Moliyaviy natijalar hisobi mavzu bo’yicha atamalar


Download 403.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/16
Sana03.11.2023
Hajmi403.4 Kb.
#1744740
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
10 BOB MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI

 


501 
27. 
Favqulodda foyda-bu 
1. Ko’zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo’lgan muomalalar natijasida 
paydo bo’ladigan va olinishi kutilmagan foydadir; 
2. O’tgan davrlardagi foyda; 
3. Davlat tomonidan beriladigan subsidiya yoki qaytarib olinmaydigan qarz. 
28. Favqulodda zararlar-bu 
1. Ro’y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar; 
2. Favqulodda va davr xarajatlari tarkibida aks ettiriladigan o’tgan davr 
xarajatlari; 
3. Uning ta’rifi 26-BHMSda to’liq keltirilgan. 
 
29. Yakuniy moliyaviy natija-bu 
1. Korxonaning hisobot davrida jami faoliyat turlaridan olingan daromadlari 
bilan jami faoliyat bo’yicha ko’rilgan zararlarining farqi; 
2. Korxonaning hisobot davrida jami faoliyat turlaridan olingan pul 
daromadlari; 
3. Asosiy faoliyat daromadlari bilan xarajatlari farqi. 
 
Misollar va amaliy vaziyatlar 
1. Qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi «Sharq shirinliklari» 
korxonisi 2018 yil may oyida o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni sotishdan zarar 
oldi. Bir vaqtning o’zida ijara shartnomasi asosida asosiy vositalarini «Marg’ilon 
tortlari» korxonasiga joriy ijaraga berishdan foyda oldi. Ijara munosabatlari 
korxonaning asosiy faoliyati bo’lib hisoblanmaydi. 
Aniqlang: 
1. Qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi «Sharq shirinliklari» 
korxonasining ko’rsatilgan daromadlari va sarflar iqaysi schyotlarda aks ettiriladi. 
2. Asosiy vositalar uchun hisoblanadigan amortizatsiya kimning 
buxgalteriyasida aks ettiriladi. 


502 
2. Farg’ona «Azot» aktsionerlik jamiyati 2018 yil mart oyida o’zining 
aktsiyadorlaridan bir qism aktsiyalarini nominal baholaridan past baholarda sotib 
oldi. 
Aniqlang: Bu xo’jalik muomalasi Farg’ona «Azot» aktsionerlik jamiyati 
buxgalteriyasida qaysi schyotlarda qanday buxgalteriya o’tkazmalar bilan aks 
ettiriladi. 
3. Yil yakuni bo’yicha Farg’ona «Azot» aktsionerlik jamiyati 700000 so’m 
zarar ko’rdi. 
Aniqlang: 
1. Farg’ona «Azot» aktsionerlik jamiyatining o’tgan yilgi taqsimlanmagan 
foydasi 1000000 so’m tashkil qiladi. Shuni hisobidan aktsiyadorlarga dividend 
to’lashi mumkinmi. Agar mumkin bo’lsa, bu xo’jaltk muomalasi buxgalteriya 
schyotlarida qaysi buxgalteriya o’tkazmalar bilan aks ettiriladi. 
4. «Birlik» MChJni soliq nazorati natijasida yashirilgan foyda aniqlanib 
unga jarima to’lovi belgilandi. Jarima «Birlik» MChJ tomanidan kechiktirilmay 
to’landi. 
Aniqlang: Bu xo’jalik muomalasi Farg’ona «Azot» aktsionerlik jamiyati 
buxgalteriyasida qaysi schyotlarda qanday buxgalteriya o’tkazmalar bilan aks 
ettiriladi. 
5. «Birlik» MChJ jismoniy shaxs bo’lgan Saidovning avtomobiliga 
yetkazgan zararni YHDX va ekspertiza byurosi tomonidan berilgan hullosa va 
ma’lumotnomaga asosan to’ladi. 
Aniqlang: «Birlik» MChJni buxgalteriyasida keltirilgan zarar qanday 
buxgalteriya o’tkazma bilan aks ettiriladi. 
 

Download 403.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling