10-bob. Moliyaviy natijalar hisobi mavzu bo’yicha atamalar


  §6. Taqsimlanmagan foyda va yakuniy moliyaviy natijani ishlatishni


Download 403.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana03.11.2023
Hajmi403.4 Kb.
#1744740
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
10 BOB MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI

 


488 
§6. Taqsimlanmagan foyda va yakuniy moliyaviy natijani ishlatishni 
hisobi 
Taqsimlanmagan 
foydani 
hisobi. 
Taqsimlanmagan 
foyda 
8710-
«Taqsimlanmagan foyda» schetida hisobga olinadi. 
Taqsimlanmagan 
foyda 
ma’lum 
maqsadlarga 
ishlatilishi 
yoki 
rezervlashtirilishi mumkin. Taqsimlanmagan foyda hisobidan ishlab chiqarish 
quvvatlarini kengaytirish va sug’urta maqsadlari uchun zaxiralar tashkil qilinadi. 
Taqsimlanmagan foyda hisobidan zaxira kapitaliga ajratmalar quyidagi 
buxgalteriya o’tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi: 
Debet 8710-«Taqsimlanmagan foyda» 
Kredit 8520-«Zaxira kapitali» 
Zaxira kapitaliga ajratmalar qa’tiy belgilangan maqsad uchun foydalaniladi. 
Hisobot yilida foydalanilmagan zaxiralar taqsimlanmagan foyda tarkibiga 
qaytariladi. 
Taqsimlanmagan foyda to’g’risidagi hisobot 2 ta bo’limga bo’linadi: 
ajratilgan va ajratilmagan. 
Hisobotning birinchi bo’limda zaxira kapitalining yil boshiga qoldig’i, 
hisobot davrida qilingan ajratma, zaxira fondidan foydalanish va uning hisobot 
davrining oxiriga qoldiqi ko’rsatilgan. 
Hisobotning ikkinchi bo’limida hisobot davrining oxiriga taqsimlanmagan 
foyda miqdori ko’rsatiladi. 
Yakuniy moliyaviy natija-bu korxonaning hisobot davrida jami faoliyat 
turlaridan olingan daromadlari bilan jami faoliyat bo’yicha ko’rilgan zararlarining 
farqidir. 
Yakuniy moliyaviy natija buxgalteriya hisobida 9900-«Yakuniy moliyaviy 
natija» schyotida hisobga olib boriladi. Ushbu schyot tranzit bo’lib, aktiv-passiv 
schyot xarakteriga ega. Schyotning debetida zararlar, kreditida esa foyda aks 
ettiriladi. Ushbu schyotning debet va kredit oborotlarining farqi korxonaning 
hisobot yilidagi moliyaviy natijasini, ya’ni soliq to’langunga qadar bo’lgan 
foydasini aks ettiradi. 


489 
Hisobot yilining oxirida 9810-«Daromad (foyda) solig’i bo’yicha 
xarajatlar», 9820-«Boshqa soliq va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlarida 
foyda (daromad)dan hisoblangan umumiy summa aks ettiriladi. Hisobot davrida 
hisoblangan soliq va yig’imlar summasi quyidagi provodka orqali chegirib 
tashlanadi: 
Debet 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» 
Kredit 9810-«Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar», 
Kredit 9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlar bo’yicha xarajatlar». 
Ushbu muomaladan so’ng 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotida 
qolgan summa korxonaning hisobot yilida olgan sof foyda (yoki zarar)ini anglatadi 
va ushbu summa quyidagi provodka orqali 8710-«Hisobot davrining 
taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotiga o’tkaziladi: 
-sof foyda summasiga: 
Debet 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» 
Kredit 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan 
zarari)» 
-zarar summasiga: 
Debet 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan 
zarari)» 
Kredit 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» 
Sof foyda korxonaning aktivlarni sotib olish manbai bo’lib hisoblanadi. Sof 
foyda summasi taqsimlanmagan foydadan (9900 schetining kredit qoldiqidan) 
korxona faoliyat ko’rsatgan davrda ko’rilgan zararni, berilgan dividentlarni
chiqarilgan xissadorlik kapitaliga reinvestitsiya qilingan summalarni chiqarib 
tashlash yo’li bilan aniqlanadi. 

Download 403.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling