12-chizma. Korxona harajatlarining tasnifi
Favqulotdagi harajatlar deganda yuz berishi doimiy harakterga ega bo‘lmagan, kutilmagan tasodif va hodisalardan ko‘rilgan zararlar tushuniladi. Bularga davlat qonunlarini o‘zgarishi, tabiiy ofatlar, revolyutsion o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan zararlar kiradi.
Korxona harajatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
harajatlarni ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish;
korxona harajatlarini to‘g‘ri turkumlash va guruhlarga ajratish;
korxona harajatlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida va tegishli boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish ;
korxona harajatlari bo‘yicha hisobotlar ma’lumotlari va hisob ma’lumotlarini to‘liq uyg‘unligini ta’minlash;
kelgusi davr va muddati uzaytirilgan harajatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida sotish tannarxi , davr harajatlari va moliyaviy faoliyatga doir harajatlarga kiritish;
tugallanmagan ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladigan harajatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisobga olish , ularni belgilangan muddatlarda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (inventarizatsiya qilish) va sotish tannarxiga to‘g‘ri kiritilishini ta’minlash;
sotish tannarxini, davr harajatlarini oshib ketishiga sabab bo‘luvchi noratsional chiqimlarni vujudga kelish sabablari va aybdorlarini topish, bunday chiqimlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ma’sul shaxslar faoliyatini doimiy nazorat qilish;
mavjud zaxiralar va vositalaridan unumli foydalanish ustidan nazorat o‘rnatish;
harajatlarni soliq solish bazasi ob’ekti sifatida to‘g‘ri shakllantirish;
harajatlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan vaqtdan boshlab tan olish va tegishli schyotlarda aks ettirish;
harajatlarni moliyaviy hisobotda to‘g‘ri aks ettirish va boshqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |