3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning hisobi


Download 0.61 Mb.
bet109/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

10.4.Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning hisobi



  • 21-son BHMSga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:

    • 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”

    • 9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”

    • 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”

    • 9540 “Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar”

    • 9550 “Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar”

    • 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar”

    • 9590 “ Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar”

    • Ushbu passiv va vaqtinchalik schyotlarning kreditida nomlari yuqorida zikr etilgan daromadlarning turlari hisoblash tamoyiliga muvofiq aks ettiriladi.

    • Royalti ko‘rinishidagi daromadlar deganda korxonalarning nomoddiy aktivlarini, masalan kompyuterlar uchun dasturlar ta’minotini, litsensiyalar va boshqalarni ijaraga berishdan va hamkorlikda foydalanishdan olingan daromadlar tushuniladi. Ushbu daromadlarni hisoblanishi 4850 “Olinadigan royalti” schyotining debetida va 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9510- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.

    • Dividendlar – bu aksiyalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar uchun hisoblangan daromad. Ushbu daromadni hisoblashga asos bo‘lib aksionerlik jamiyatining dividendning hisoblanganligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomasi hisoblanadi. Ushbu xabarnomada jami hisoblangan dividend summasi, undan ushlangan dividend solig‘i summasi va to‘lanadigan dividend summasi aks ettiriladi. Agar xabarnomada dividend solig‘ini ushlanmaganligi uqtirilgan bo‘lsa, u holda ushbu soliqni dividend olgan korxona to‘lashi lozim. Hisoblangan didivend ko‘rinishidagi daromadlar 4840 “ Olinadigan dividendlar” schyotining debetida va 9520 “Dividend ko‘rinishidagi daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9520- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.


    • Download 0.61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   190




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling