Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar deganda uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar qiymatini oshirish natijasida vujudga kelgan daromadlar tushuniladi. Bunday daromadlar qayta baholash dalolatnomalari asosida hisoblanadi.
Hisoblangan daromad summasi 0600 “Uzoq muddatli investitsiyalar hisobi schyotlari”, 5800 “ Qisqa muddatli investitsiyalar hisobi schyotlari”ining debetida va 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9560- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Korxonalarning moliyaviy faoliyatidan olingan daromadlarning analitik hisobi ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha olib boriladi.
21-son BHMSga muvofiq favqulotdagi daromadlarning hisobi 9710 “Favqulotdagi foyda” schyotining kreditida hisobga olinadi. Bunda favqulotda olingan yoki hisoblangan foydaning turini ko‘rsatuvchi schyotlar
( 0100, 0400, 0700, 1000, 2900 va boshqa schyotlar) debetlanadi. Yil oxirida 9710- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib harajatlar hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning mohiyati, tasnifi va tavsifi, tan olinishi, schyotlar tizimi va ular bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari ushbu bobning oxirida keltirilgan me’yoriy hujjatlarda, shu jumladan, «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom» da, atroflicha ochib berilgan.
Ushbu me’yoriy hujjatlarga muvofiq harajat deganda, umumiy olganda, hisobot davrida korxona aktivlarini kamayishi yoki uning majburiyatlarini ko‘payishi tushuniladi. Korxonalarning barcha harajatlari respublikamizda qabul qilingan BHMS lar va «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom» ga va unga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga muvofiq ikkita guruhga va oltita quyi guruhga ajratilgan (13-chizmaga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |