3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Hisoblash texnikasi
- 7.Uskunalar
- 10.Ishchi va nasldor hayvonlar
- 13.Yerni va boshqa asosiy vositalarni obodonlashtirishga sarflangan mablag‘lar
- 14.Boshqalar
3.Uzatish qurilmalari – elektr liniyalar, gaz, suv, bug‘ o‘tqazuvchi quvurlar va boshqalar.
4.Mashina va uskunalar – issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi generatorlar, dvigatel va transformatorlar, stanoklar, issiqlik pechlari, tikuv, yig‘uv, dazmollash, saralash mashinalari, kranlar, kompressorlar, o‘lchov tarozilari. 5.Hisoblash texnikasi – kompyuterlar va ularga o‘rnatiladigan periferiya qurilmalari ( printer, skaner , modem va boshqalar ). 6.Transport vositalari – yuk va odam tashuvchi avtomashinalar, vagonlar, parovozlar, teplovozlar, paroxodlar, tramvaylar, trolleybuslar, avtobuslar, pritseplar, samolet va vertoletlar, shuningdek magistral truboprovodlar. 7.Uskunalar – presslovchi, qisuvchi va boshka texnologik funksiyalarni bajaruvchi asbob- uskunalar. 8.Ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari- ish stollari, dastgohlar, baklar, sandiqlar va boshqalar. 9.Ofis mebeli va jihozlari – shkaflar, stol va stullar komplekti, doskalar, seyflar, yozuv mashinkalari, faks, nusxa ko‘chirish apparatlari, uyali aloqa vositalari va boshqalar 10.Ishchi va nasldor hayvonlar – otlar, tuyalar, ho‘kizlar, sigirlar, bo‘qalar, qo‘ylar, echkilar, cho‘chqalar va boshqa ishchi sifatida ishlatiladigan va nasl beradigan hayvonlar. 11.Ko‘p yillik o‘simliklar – bog‘lar, o‘rmonlar va boshqalar 12.Kutubxona fondi – badiiy-adabiy, texnik , iqtisodiy va boshqa turdagi adabiyotlar ( kitoblar). 13.Yerni va boshqa asosiy vositalarni obodonlashtirishga sarflangan mablag‘lar – yer uchastkalarini kadastrini tuzish, shudgorlash, yerni yuvish, ko‘kalamzorlashtirish, reshyotkalar o‘rnatish, suv havza va omborlarini tozalash va boshka ishlarga sarflangan kapital quyilmalar 14.Boshqalar - yuqoridagi guruxlarga kirmay qolgan asosiy vositalar – muzey va zoopark eksponatlari, lizingga olingan asosiy vositalarga qilingan kapital sarflar, turli namunalar va boshqalar. Qabul qilingan tartibga muvofiq ayrim mehnat qurollari va vositalari asosiy vositalarga kiritilmaydi, jumladan : Xizmat muddati 1 yildan kam bo‘lgan mehnat qurollari va vositalari ularning qiymatidan qat’iy nazar; Yosh mollar, asalari uyalari, tajribadagi mollar; Mahsus kiyimlar, poyafzal, ko‘rpa– yostiqlar qiymatidan qat’iy nazar ( mehmonxonalar bundan mustasno ); Munshiyxona buyumlari (kalkulyatorlar, stol usti priborlari va boshqalar) Ko‘chatxonalarda ekish uchun o‘stirilayotgan ko‘chatlar; Baliq ovlash qurollari xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar. Ishlab chiqarishda qatnashishiga ko‘ra korxonalarning asosiy vositalari ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalarga bevosita ishlab chiqarishga doir bo‘lgan moddiy aktivlar, masalan sexlarning binolari, inshootlar, stanoklar, jihozlar, transport vositalari, ishchi hayvonlar va boshqalar kiradi. Noishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalarga boshqaruv apparatiga doir, shuningdek korxonaning ijtimoiy-madaniy, maishiy, sog‘liqni saqlash, kommunal maqsadlarda foydalaniladigan moddiy aktivlari kiradi. Amortizatsiya qilinishiga qarab korxonalarning asosiy vositalari amartizatsiya hisoblanadigan va amartizatsiya hisoblanmaydigan turlarga bo‘linadi. Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi: Kutubxona fondiga. Ko‘p yillik o‘simliklarga. Ishchi va nasldor hayvonlarga. Konservatsiya qilingan asosiy vositalarga. Qolgan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanadi. Soliq Kodeksiga muvofiq (23- modda) asosiy vositalar amortizatsiya me’yorlari bo‘yicha quyidagi beshta guruhga bo‘linadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling