3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Download 0.61 Mb.
bet10/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

Inventarizatsiya ob’ekti

Inventarizatsiyani o‘tqazish muddatlari

Qaysi BXMSga muvofiq

Asosiy vositalar

Ikki yilda bir marta yillik hisobot oldidan

5- son BXMS,
19-son BXMS

Kutubxona fondi

Besh yilda bir marta

5- son BXMS,
19-son BXMS

Tovar-moddiy boyliklar (yoqilg‘i, oziq –ovqatlar, qimmatbaho metallardan
tashqari)

Yiliga kamida bir marta

4-son BXMS,
19-son BXMS

Yoqilg‘i, oziq –ovqatlar

Har chorakda

4 –son BHMS
19-son BXMS

Qimmatbaho metallar

Tarmoq yo‘riqnomasiga muvofiq belgilangan
muddatlarda

Maxsus yo‘riqnoma

Pul mablag‘lari,
Pulli ekvivalentlar va
hujjatlar

Har oyda bir marta

12- son BXMS 19—son BXMS

Hisob-kitoblar

Bir marta yillik hisobot oldidan

19-son BXMS

Inventarizatsiyaning natijasida hisob ma’lumotlaridan chetlanishlar aniqlanishi mumkin. Bunday chetlanishlar bo‘lib kamomad va ortiqchalar hisoblanadi. Aniqlangan kamomadlar ning belgilangan me’yorlardan tashqarisi moddiy javobgar shaxslardan qonun doirasida o‘ndirilib olinadi. Aniqlangan ortiqchalar korxonaning daromadiga olinadi.
Hisobot – bu ma’lum davrdagi moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini pulda belgilangan shakl va mazmunda ifodalash usuli.
Moliyaviy hisobot –bu korxona va tashkilotlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini o‘zida mujassamlashtirgan hisobot shakllari majmuasi.
Moliyaviy hisobot davlat ahamiyatiga molik buxgalteriya hujjatlari tizimi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotning turlari, tarkibi, shakllari, tayyorlanishi va taqdim etilishi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan Qoidalar va Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu hujjatlarga asosan moliyaviy hisobot choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarga bo‘linadi. Ularda ma’lumotlar yil boshidan o‘sib borish tartibida ko‘rsatiladi va mos ravishda choraklik, yarim yillik, to‘qqiz oylik va yillik faoliyat natijalarini ko‘rsatadi.
Moliyaviy hisobotlar shakllarini to‘ldirish Tartibiga muvofiq moliyaviy hisobotning tarkibi hisobot davrlari bo‘yicha o‘z ichiga quyidagi hisobot shakllarini oladi:

Hisobot turlari

Hisobot shakllari

Yillik

  1. 1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»

  2. 2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»

  3. 3-sonli shakl «Asosiy vositalar to‘g‘risida hisobot»

  4. 4-sonli shakl « Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»

  5. 5-sonli shakl «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot»

  6. 2a –sonli shakl « Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma»

  7. 2b –sonli shakl « Korxonaning moliyaviy –iqtisodiy holati to‘g‘risida ma’lumotnoma»

Yarim yillik

  1. 1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»

  2. 2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»

  3. 4-sonli « Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»

4.2a –sonli shakl « Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida
ma’lumotnoma»

Choraklik

  1. 1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»

  2. 2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»

3..2a –sonli shakl « Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida
ma’lumotnoma»

Yillik moliyaviy hisobotga quyidagi ilovalar qilinadi:

  • Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlariga ta’sir qilgan omillarni o‘zida bayon etuvchi tushuntirish xati va hisobotning ayrim moddalari bo‘yicha tavsifli jadvallar;

  • Moliyaviy hisobot bo‘yicha olingan xolis auditorlik xulosasi

  • Moliyaviy hisobotni ko‘rib chiqish yakunlari va sof foydani taqsimlash bo‘yicha qaror;

  • Kelgusi yil uchun hisob siyosati.

Kichik biznes korxonalarida moliyaviy hisobot shakllari faqat yil yakuni bo‘yicha tuziladi.
Moliyaviy hisobotning barcha shakllari uch qismdan iborat bo‘ladi:

  • Titul qismi – unda hisobotning nomi, korxonaning nomi, adresi, bank rekvizitlari, turli belgilari bo‘yicha berilgan statistik kodlari ko‘rsatiladi.


  • Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling