3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovar-moddiy boyliklar (yoqilg‘i, oziq –ovqatlar, qimmatbaho metallardan tashqari)
- Yoqilg‘i, oziq –ovqatlar
- Pul mablag‘lari, Pulli ekvivalentlar va hujjatlar
- Hisobot
- Hisobot turlari Hisobot shakllari Yillik
Inventarizatsiyaning natijasida hisob ma’lumotlaridan chetlanishlar aniqlanishi mumkin. Bunday chetlanishlar bo‘lib kamomad va ortiqchalar hisoblanadi. Aniqlangan kamomadlar ning belgilangan me’yorlardan tashqarisi moddiy javobgar shaxslardan qonun doirasida o‘ndirilib olinadi. Aniqlangan ortiqchalar korxonaning daromadiga olinadi. Hisobot – bu ma’lum davrdagi moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini pulda belgilangan shakl va mazmunda ifodalash usuli. Moliyaviy hisobot –bu korxona va tashkilotlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini o‘zida mujassamlashtirgan hisobot shakllari majmuasi. Moliyaviy hisobot davlat ahamiyatiga molik buxgalteriya hujjatlari tizimi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotning turlari, tarkibi, shakllari, tayyorlanishi va taqdim etilishi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan Qoidalar va Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu hujjatlarga asosan moliyaviy hisobot choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarga bo‘linadi. Ularda ma’lumotlar yil boshidan o‘sib borish tartibida ko‘rsatiladi va mos ravishda choraklik, yarim yillik, to‘qqiz oylik va yillik faoliyat natijalarini ko‘rsatadi. Moliyaviy hisobotlar shakllarini to‘ldirish Tartibiga muvofiq moliyaviy hisobotning tarkibi hisobot davrlari bo‘yicha o‘z ichiga quyidagi hisobot shakllarini oladi:
Yillik moliyaviy hisobotga quyidagi ilovalar qilinadi: Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlariga ta’sir qilgan omillarni o‘zida bayon etuvchi tushuntirish xati va hisobotning ayrim moddalari bo‘yicha tavsifli jadvallar; Moliyaviy hisobot bo‘yicha olingan xolis auditorlik xulosasi Moliyaviy hisobotni ko‘rib chiqish yakunlari va sof foydani taqsimlash bo‘yicha qaror; Kelgusi yil uchun hisob siyosati. Kichik biznes korxonalarida moliyaviy hisobot shakllari faqat yil yakuni bo‘yicha tuziladi. Moliyaviy hisobotning barcha shakllari uch qismdan iborat bo‘ladi: Titul qismi – unda hisobotning nomi, korxonaning nomi, adresi, bank rekvizitlari, turli belgilari bo‘yicha berilgan statistik kodlari ko‘rsatiladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling