3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Moliyaviy hisobotga kiritilgan ma’lumotnoma, tushuntirish xati va ilovalar
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
13.6. Moliyaviy hisobotga kiritilgan ma’lumotnoma, tushuntirish xati va ilovalarKorxonalarning moliyaviy hisoboti o‘z ichiga “Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma” (2a- shakl), shuningdek tushuntirish xati va ilovalarni ham oladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma (2a- shakl) ning asosiy maqsadi bo‘lib korxonaning hisobot davri oxiriga bo‘lgan debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotlarni turli belgilari bo‘yicha guruhlab ko‘rsatish hisoblanadi. Ma’lumotnoma 12 ta ustunchadan iborot bo‘lib, uning 1-va 2- ustunchalarida tartib raqami, debitorlar va kreditorlarning nomi, 3- ustunchada jami umumiy qarzlar, 4- ustunchada jami qarzlarning muddati o‘tgani ko‘rsatiladi. Ma’lumotnomaning 5-12 – ustunchalari korxonaga taalluqli bo‘lmagan sabablar bo‘yicha vujudga kelgan qarzlar to‘g‘risida axborotlarni berishga mo‘ljallangan, jumladan, 5- va 6- ustunchalarda bunday qarzlarning mos ravishda jami va muddati o‘tgan summasi, 7- va 8- ustunchalarda xukumat qaroriga asosan oldindan xaq to‘lamay jo‘natilgan (olingan) mahsulotlar bo‘yicha qarzlarning mos ravishda jami va muddati o‘tgan summasi, 9-va 10- ustunchalarda davlat resurslari va jamg‘armalaridan ko‘zga tutilgan xom-ashyo va materiallar bo‘yicha o‘tqazilgan bank to‘lovlarining mos ravishda jami va muddati o‘tgan summasi, 11- ustunchada xukumat qarori bo‘yicha kechiktirilgan qarzlar, 12ustunchada qonunchilikga muvofiq qilingan da’volar bo‘yicha sud jarayonida ko‘rib chiqilayotgan yoki xo‘jalik sudi tomonidan kreditorlardan o‘ndirish to‘g‘risida qaror chiqqan qarzlar summasi ko‘rsatiladi. Ma’lumotnomaning satrlarini to‘ldirishda quyidagi ketma-ketlikga amal qilinishi lozim. Oldin barcha debitorlik qarzlar, keyin esa barcha kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Chunonchi, debitorlar va kreditorlarning qarzlari respublika ichidagi qarzlar, ichki idoraviy qarzlar va respublikadan tashqaridagi qarzlar guruhlari bo‘yicha tasniflangan holda ko‘rsatiladi. Ma’lumotnomada ko‘rsatilgan debitorlik qarzlarning umumiy summasi buxgalteriya balansining 110 va 210- satrlaridagi summaga (alohida bo‘linmalarning qarzlaridan tashqari), shuningdek kreditorlik qarzlarning umumiy summasi buxgalteriya balansining 491 va 601-satrlaridagi summaga mos kelishi shart. Moliyaviy hisobotga uning u yoki bu ko‘rsatkichlarini tasniflovchi analitik jadvallar, shuningdek korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining ayrim jixatlari bo‘yicha tushuntirish xati ilova qilinadi. Asosiy analitik jadvallar bo‘lib, masalan, soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlar ro‘yxati, soliq bo‘yicha imtiyozlar hisob –kitobi, imtiyozlarni ishlatilishi, foydani taqsimlash hisob-kitobi va boshqalar hisoblanadi. Moliyaviy hisobotga yozilgan tushuntirish xatida korxonaning hisob siyosatidagi o‘zgarishlarning sabablari, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida mavjud salbiy jihatlar, jumladan xo‘jalik faoliyatini zarar bilan yakunlashga olib kelgan sabablar ochib beriladi. Bunday tushuntirishlar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashda, shuningdek hisobot asosida to‘g‘ri qarorlar qabul qilinishida katta ahamiyat kasb etadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling