3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Xususiy kapital to‘g‘risida hisobotni tuzish


Download 0.61 Mb.
bet148/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

13.5.Xususiy kapital to‘g‘risida hisobotni tuzish



  • Xususiy kapital to‘g‘risida hisobotning (5-son shakl) asosiy maqsadi bo‘lib korxonaning xususiy kapitalining holati va harakati to‘g‘risida yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi. Hisobot to‘qqizta ustunchadan iborot bo‘lib, uning 1 va 2- ustunlarida hisobotning ko‘rsatkichlari va ularga birkitilgan satrlarning raqamlari ko‘rsatiladi. Hisobotning 3-8 ustunlari xususiy kapitalning alohida turlarining holati va harakatiga doir ma’lumotlarni aks ettirishga mo‘ljallangan, jumladan:

    • 3-ustun “Ustav kapitali”;

    • 4-ustun “Qo‘shilgan kapital”;

    • 5-ustun “Rezerv kapitali”;

    • 6-ustun “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)”;

    • 7-ustun “Sotib olingan xususiy aksiyalar”; • 8-ustun “Maqsadli tushumlar va boshqalar”;

    • 9-ustun “Jami” .

    • Hisobotning har bir satrida xususiy kapitalning holati, ko‘payishi va kamayishi , shuningdek turli boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar xususiy kapitalning elementlarini hisobi uchun mo‘ljallangan schyotlardan (8300, 8400, 8500, 8600,8700,8800) olinadi, jumladan:


      • Satr


      • Ko‘rsatkichlar nomi

      • 010

      • Yil boshiga qoldiq

      • 8300, 8400, 8500, 8600,8700,8800- schyotlarning bosh qoldig‘i yoziladi

      • 020

      • Aksiyalarni chiqarilishi va sotilishi natijasida ustav kapitali va qo‘shilgan kapitalni ko‘payishi mos ravishda 3 va 4- ustunchalarda aks ettiriladi

      • 030

      • Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash

      • Korxona mulkini qayta baholash natijasida vujudga kelgan rezerv kapitali summasi 5-ustunchada ko‘rsatiladi

      • 040

      • Chet el investorlarining ustav kapitaliga kiritgan badallari bo‘yicha vujudga kelgan qo‘shilgan

      • kapital summasi 4-ustunchada aks ettiriladi

      • 050

      • Rezerv kapitaliga ajratma

      • Hisobot yilning sof taqsimlanmagan foydasidan rezerv kapitaliga ajratma summasi 5ustunchada (+) belgisi bilan va 6ustunchada (-) belgisi bilan ko‘rsatiladi

      • 060

      • Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)

      • Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning eng oxirgi satrida ko‘rsatilgan sof foydasi (qoplanmagan zarari) 6ustunchada aks ettiriladi

      • ( qoplanmagan zarar summasi ushbu ustunchada (-) belgi bilan )

      • 070

      • Tekinga olingan mol-mulk

      • Yuqori tashkilotdan olingan va rezerv kapitaliga kiritilgan molmulk summasi 5-ustunchada ko‘rsatiladi

      • 080

      • Maqsadli foydalanish uchun olingan mablag‘lar

      • Turli maqsadlarda olingan grantlar, davlat subsidiyalari, davlat yordamlari, soliqlar bo‘yicha imtiyozlar va boshqa maqsadli tushumlarning summasi 8ustunchada aks ettiriladi

      • 090

      • Hisoblangan dividendlar summasi



      • 6- ustunchada (-) belgisi bilan aks ettiriladi

      • 100

      • Xususiy kapital elementlarining boshqa manbalar evaziga ko‘payish summalari mos ravishda 1-8 – ustunchalarda ko‘rsatiladi( kamayish summasi (-) belgi bilan )


      Download 0.61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   190




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling