2.Ta’minotchilarga o‘tqazilgan pul mablag‘larining summasini topish (Pcht) uchun moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning sotish tannarxi (St) ko‘rsatkichi asos qilib olinadi va ushbu summa korxona balansining davr boshiga va oxiriga ko‘rsatilgan tovar zahiralarining (Tz), shuningdek ta’minotchilar olidigi kreditorlik qarzlarining ko‘payish yoki kamayish summasiga tuzatiladi, jumladan tovar zahiralarining ko‘payishi (+Tz) pul chiqimlarini ko‘payishiga, tovar zahiralarining kamayishi (-Tz) esa pul chiqimlarini kamayishiga, ta’minotchilar oldidagi kreditorlik qarzlarning oshishi (+Kq) pul chiqimlarining kamayishiga, aksincha kreditorlik qarzlarning kamayishi (-Kq) esa pul chiqimlarining ko‘payishiga olib keladi, ya’ni:
Ta’minotchilarga to‘langan pul mablag‘lari =
(Pcht)
| |
+ Tovar zaxiralarini ko‘payishi (+Tz)
- Tovar zaxiralarini kamayishi (-Tz)
| |
Misol uchun, sotish tannarxi 4000 ming so‘m deylik, tovar zaxiralari hisobot davr boshiga 6000 ming so‘m, hisobot davr oxiriga 5500 ming so‘mni, ta’minotchilar olididagi qarzlar hisobot davr boshiga 2000 ming so‘m, hisobot davr oxiriga 1000 ming so‘mni tashkil etdi deylik. Ushbu misolda ta’minotchilarga o‘tqazilgan summa moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va balans ma’lumotlarga ko‘ra 4500 ming sumni ( 4000-500+1000) tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |