3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Download 0.61 Mb.
bet143/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

Bevosita (to‘g‘ri) usul. Ushbu usulda asosiy (operatsion) faoliyat bo‘yicha pul oqimlarini hisoblashda ularning kirimi va chiqimi “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»ning ularga mos keluvchi sof tushum, tannarx, davr harajatlari,soliq to‘lovlari kabi ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘lanadi. Jumladan , pul kirimi sof tushum bilan, pul chiqimlari hisobotning tannarx, davr harajatlari, soliq to‘lovlari kabi moddalari bilan bog‘lanadi. Pul oqimlarini hisoblashda moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlari asos qilib olinadi va ushbu ko‘rsatkichlar ularga ta’sir etuvchi omillarning o‘zgarish summasiga tuzatiladi. Ushbu tuzatishlar, jumladan, quyidagicha amalga oshiriladi:


  • 1.Haridorlardan kelib tushgan pul malag‘lari summasi (Pk) ni topish uchun moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotda ko‘rsatilgan sotishdan olingan daromad (Sd) summasi korxona balansining davr boshiga va oxiriga ko‘rsatilgan haridorlar bo‘yicha debitorlik qarzlarining (Dq) ko‘payish yoki kamayish summasiga tuzatiladi, jumladan debitorlik summasini oshishi (+Dq) pul kirimlarini kamaytiradi, aksincha debitorlik qarzlarning kamayishi (-Dq) esa pul kirimlarini ko‘paytiradi, ya’ni:



    • Haridorlardan tushgan pul mablag‘lari (Pk) =


    • Sotishdan olingan daromad (Sd)



  • Misol uchun, sotishdan olingan daromad summasi (Sd) hisobot yilida 5000 ming so‘mni, haridorlarning debitorlik qarzlari balanc bo‘yicha yil boshida 1000 ming so‘mni, yil oxirida esa 2000 ming so‘mni tashkil etdi deylik. U holda haridorlardan kelib tushgan pul mablag‘lari (Pk) 4000 ming so‘mni tashkil etadi

  • ( 5000 – 1000), agar debitorlik qarzlari yil oxirida 500 ming so‘mni tashkil etganda edi, u holda haridorlardan kelib tushgan pul mablag‘lari (Pk) 5500 ming so‘mni tashkil etar edi (5000+500).


  • Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   190




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling