Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotning (4-son shakl) asosiy maqsadi bo‘lib korxonada hisobot davrida yuz bergan pul oqimlari (kirim va chiqim), shuningdek pul mablag‘larining davr boshi va oxiridagi holati to‘g‘risida yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi. Hisobot to‘rtta ustunchadan iborot bo‘lib, uning 1 va 2- ustunlarida hisobotning ko‘rsatkichlari va ularga birkitilgan satrlarning raqamlari ko‘rsatiladi. Hisobotning 3 va 4- ustunlarida mos ravishda pul mablag‘larining kirimi va chiqimiga doir ma’lumotlar aks ettiriladi.
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot ikki bo‘limdan iborot bo‘lib, uning birinchi bo‘limida milliy valyutadagi pul mablag‘larining holati va harakati, ikkinchi bo‘limida esa chet el valyutasidagi pul mablag‘larining holati va harakati O‘zbekiston respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyutada aks ettiriladi.
Hisobotda pul oqimlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar korxonaning pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bevosita faoliyat turlari bo‘yicha guruhlashga yo‘naltirilgan. 9-son BHMS “ Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot”ga muvofiq korxonalarning pul oqimlarini asosan quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha guruhlash ko‘zda tutilgan:
Asosiy (operatsion ) faoliyat bo‘yicha –ushbu guruhda mahsulot, tovar, ish va xizmatlarni sotishdan olingan tushumlar, tovar-moddiy boyliklar, ish va xizmatlar uchun ta’minotchi va pudratchilarga to‘langan to‘lovlar, xodimlar nomidan to‘langan daromad solig‘i va boshqa to‘lovlar, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar va boshqa asosiy faoliyatga doir to‘langan pul mablag‘lari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida (010-050 satrlar) aks ettiriladi. Chet el valyutasidagi asosiy faoliyatga doir pul mablag‘larining kirim va chiqimi ma’lumotnomaning 261,262,264,271,273- ustunchalarida ko‘rsatiladi.
Investitsiya faoliyati bo‘yicha –ushbu guruhda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, shuningdek uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotishga doir pul oqimlari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida (060-100 satrlar) ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |