Auditorlik tekshiruvini o‘tqazish bosqichi. Ushbu bosqichda tasdiqlangan dasturga muvofiq audit ob’ektlari tanlangan usullarda tekshirishdan o‘tqaziladi
|
Auditorlik tekshiruvi natijalarini jamlash va rasmiylashtirish bosqichi. Ushbu bosqichda auditorlik tekshiruvi ma’lumotlari (isbotlari) har bir ob’ekt bo‘yicha jamlanadi. Ma’lumotlar (isbotlar) jadvallar ko‘rinishida jamlanadi. Barcha ma’lumotlar (isbotlar) jamlangach, yozma auditorlik hisoboti tayyorlanadi. Auditorlik hisobotida barcha kamchiliklar ko‘rsatiladi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
| |
Auditorlik tekshiruvi natijalarini tadbiq etish bosqichi. Ushbu bosqichda auditorlik tekshiruvi natijalari muhokama etiladi, aniqlangan chetlanishlar bo‘yicha tuzatishlar, qayta hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Tuzatilgan hisobot bo‘yicha auditorlik xulosasi beriladi.
|
Quyida auditni tashkil etishning 1-bosqichida amalga oshiriladigan ishlarning va tuziladigan hujjatlarning mohiyatiga to‘xtalib o‘tamiz.
Audit o‘tqazuvchi sub’ektning yozma buyurtmasi – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning auditorlik tashkilotiga bergan rasmiy xati –murojaatnomasi bo‘lib, unda qaysi hisobot davri uchun, qanday ob’ektlar bo‘yicha auditning aniq turini o‘tqazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish so‘raladi. Yozma buyurtma buyurtmachi korxonaning rahbari tomonidan imzolanadi.
Buyurtmachida o‘tqaziladigan dastlabki kuzatishlar. Bunday kuzatishni auditorlik tashkilotining rahbari yoki uning vakil etib yuborgan auditori amalga oshiradi. Dastlabki kuzatishda korxonaning ta’sis hujjatlari o‘rganib chiqiladi, uning yuridik statusining to‘liqligi aniqlanadi, bosh kitob va moliyaviy hisobot ma’lumotlari dastlabki vizual nazoratdan o‘tqaziladi. Korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari, jumladan bankrotlik belgilari o‘rganiladi, operatsiyalar va ularga tegishli hujjatlarning soni va xajmi aniqlanadi. Hujjatlarning sifati, ularning ma’lumotlarini hisob ma’lumotlari bilan uyg‘unligi tanlab tekshiriladi. Korxonada ichki nazorat tizimining mavjudligi, uning ta’sirchanligi baholanadi. Bu kuzatishlar audit tekshiruvi bo‘yicha ish xajmini aniqlashga, auditorlik xatarining darajasini belgilashga, shuningdek ish qiymatini kelishishga asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |