3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Download 0.61 Mb.
bet166/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

Audit bo‘yicha ish hajmi . Auditorlik tekshiruvida auditorlar tomonidan bajariladigan ishning hajmi auditorlik tekshiruvining turiga, ob’ektlar soniga, operatsiyalar va ular bo‘yicha tuzilgan boshlang‘ich hujjatlar soniga, hisobni yuritish holati va usullariga, soliq to‘lovlari tarkibiga va boshqalarga qarab taxminlanadi. Ish hajmini har bir tekshiruv ob’ektiga sarflanishi mumkin bo‘lgan kunlar soniga qarab ham belgilash mumkin.

  • Auditorlik xatari – bu auditorlarning o‘zlariga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan sabablarga qo‘ra moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi bo‘yicha auditorlik xulosasini berishda yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolarining baholangan miqdori. Ushbu xatolarning miqdori,odatda,foizlarda ifodalanadi, uni so‘mlarda ham ifodalash mumkin. Auditorlik xatarining darajasi auditor tomonidan dastlabki kuzatuvni o‘tqazish vaqtida aniqlanadi.

  • 9-son AFMS «Auditorlik isboti va xatari» ga muvofiq dastlabki kuzatish vaqtida baholanadigan umumiy auditorlik xatarining darajasi quyidagi umum qabul qilingan matematik model yordamida topiladi:

  • AR = IR * CR * DR


  • Bu yerda: AR (audit risk) – umumiy auditorlik xatarining darajasi, ya’ni moliyaviy hisobotga noto‘g‘ri xulosa berish ehtimoli;

  • IR (inherent risk ) – ichki xo‘jalik xatarining darajasi, ya’ni hisobdagi xatolar ehtimoli;

  • CR ( control risk ) – nazorat tizimi xatari darajasi, ya’ni ichki nazorat tizimining samarasizlik ehtimoli;

  • DR (detection risk ) -xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan xatar darajasi, ya’ni xatoni topa olmaslik ehtimoli



  • Ichki xo‘jalik xatari (IR) deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotiga ishonchsizlikni tug‘diradigan ichki xo‘jalik omillaridan vujudga keladigan xatar tushuniladi. Bunday xatar, masalan, bosh buxgalterni yoki buxgalterlarni hisobot yilida ko‘p marotaba o‘zgartirilganligidan, ularni malakasini pastligidan, me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanganlikning past darajasidan, buxgalteriya xodimlari o‘rtasida funksional majburiyatlarni taqsimlanmaganligidan, ish jarayonlaridagi doimiy uzilishlar va xodimlarning majburiy qo‘shimcha ta’tillarga chiqarib yuborilganligidan, ish haqini o‘z vaqtida berilmayotganligidan, sotish hajmini o‘tgan yillarga nisbatan kamayganligidan va boshqa hollardan kelib chiqadi. Ushbu xatarni auditor qanchalik past darajada belgilasa, u shunchalik xulosa qilishda ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, bu bilan u o‘zining umumiy auditorlik xatari darajasini kam belgilagan hisoblanadi. Ichki xo‘jalik xatari darajasi qanchalik yuqori deb belgilansa, auditorlik isbotini talab qiladigan dalillarni yig‘ish soni shunchalik ko‘p bo‘lishi lozim. Faqatgina auditorlik isbotini ko‘p yig‘ib, auditor o‘z xatosini minimumga yetqazishi mumkin.


  • Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   190




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling