3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Asosiy qism
- 3.Xulosa qismi
- « auditorlik xulosasi
Auditor hisoboti ikki nusxada tuziladi va uning bir nusxasi buyutmachiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi auditorlik tekshiruvida qoladi. Auditorlik tashkilotida qoladigan nusxaning oxirida auditorlik tekshiruvini buyurtgan tashkilot raxbari va bosh buxgalterining auditor hisoboti bilan tanishganligi va uning bir nusxasini olganligi to‘g‘risida tilxat yoziladi va imzolanadi. Agar auditorlik tekshiruvi mulkdorlar, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari buyurtmasi bilan o‘tqazilgan bo‘lsa, u holda auditorning hisoboti uch nusxada tuziladi va uning bir nusxasi auditni buyurtgan tomonga taqdim etiladi. Ushbu holatda auditor hisoboti bilan tanishganlik va ularni nusxalarini olganlik to‘g‘risidagi tilxatlar audit o‘tqazilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning raxbari va bosh hisobchisi, shuningdek auditni buyurtgan organ (shaxslar) tomonidan imzolanadi. Auditorlik hisobotining hajmi varaqlar soni jihatidan, odatda, chegaralanmaydi. Auditor hisobotining har bir varag‘i auditorlik tekshiruvini o‘tqazgan auditor (auditorlar) tomonidan imzolanadi. Auditor hisobotida aks ettirilgan axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi mumkin emas. Ushbu axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikga tortiladi. Auditor hisobotidan namuna 7-ilovada keltirilgan. Auditorning hisoboti auditorlik xulosasini tuzishga asos bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonuniga asosan ( 19modda) « auditorlik xulosasi - moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat». Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotlarini tekshirish bo‘yicha o‘tqazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalari to‘g‘risida auditorlik xulosasi 70-son AFMS «Auditor hisoboti va moliyaviy hisobot to‘g‘risida auditorlik xulosasi» ga muvofiq tuziladi. Ushbu AFMS ga muvofiq auditorlik xulosasi xuddi auditorning hisoboti kabi quyidagi uch qismdan (bo‘limdan) iborat bo‘ladi: Kirish qism –unda auditorlik tashkilotiga doir ma’lumotlar ko‘rsatiladi; Asosiy qism - unda auditni o‘tqazilishiga asos bo‘lgan shartnoma va me’yoriy hujjatlar, audit ob’ektlari, tomonlarning javobgarliklari ko‘rsatiladi. Xulosa qismi – unda moliyaviy hisobotning Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishi yoki kelmasligi ko‘rsatiladi. Auditorlik xulosasi yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, qisqa mazmunli, odatda, bir betlik hujjat hisoblanadi. Auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvini o‘tqazgan auditor, auditorlik tashkiloti rahbari tomonidan imzolanadi va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlanadi. Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuziladi, uning ikki nusxasi auditorlik tekshiruvi o‘tqazilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga taqdim etiladi, bir nusxasi esa auditorlik tashkilotida qoladi. Auditorlik xulosasiga korxonaning auditorlik tekshiruvi materiallari asosida tuzilgan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti ilova qilinadi. Auditorlik xulosasiga ilova qilinadigan ushbu hujjatlar ham auditor va auditorlik tashkiloti rahbari tomonidan imzolanishi, auditorlik shashkilotining muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar olingan auditorlik xulosasining bir nusxasini davlat soliq idorasiga qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etishlari va qayd ettirishlari kerak. Tashabbusli asosda auditorlik tekshiruvini o‘tqazgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ham olingan auditorlik xulosalarinii davlat soliq organiga topshirishlari va qayd ettirishlari mumkin. Auditorlik xulosalari to‘rtta turga ajratiladi: Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling