3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Likvidatsion qiymat
- Likvidatsiya harajatlari
Amortizatsiya – bu asosiy vositalarning amartizatsiyalanadigan qiymatini foydali xizmat muddati ichida yangi yaratilgan mahsulot ( ish, xizmat ) qiymatiga kiritish ( BXMS №5, p.9).
Eskirish –bu asosiy vositaning belgilangan me’yorlar bo‘yicha hisoblangan amartizatsiya summasi. Amortizatsiyalanadigan qiymat - asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatidan ko‘zda tutilayotgan likvidatsion qiymatni chegirgandan keyin qolgan qiymat ( BXMS № 5, p.8). Likvidatsion qiymat - bu asosiy vositalarni foydali xizmat muddati oxirida likvidatsiya qilish chog‘ida vujudga keladigan aktivlarning ularni olishga ketgan likvidatsiya harajatlari chegirib tashlangandan keyin qolgan qiymati( BXMS № 5,p.14). Asosiy vositalarni likvidatsiyasi natijasida olinadigan aktivlarga xom-ashyo va materiallar, inventarlar, ehtiyot qismlar, tovarlar sifatida tan olingan, baholangan va qabul qilingan moddiy boyliklar kiradi. Likvidatsiya harajatlari – asosiy vositalarni buzish uchun sarflangan moddiy, mehnatga haq to‘lash harajatlari, ijtimoiy sug‘urta organlariga ajratmalar, turli transport va boshqa xizmat harajatlari majmuasi. BXMS № 5 «Asosiy vositalar»ga muvofiq asosiy vositalarni yillik amortizatsiya (eskirish) summasi (As) quyidagicha aniqlanadi: Qoldiq qiymat ko‘zda tutilgan asosiy vositalar bo‘yicha Boshlang‘ich qiymat – Likvidatsion qiymat As = ------------------------------------------------------------- (1) Xizmat muddati Qoldiq qiymat ko‘zda tutilmagan asosiy vositalar bo‘yicha Boshlang‘ich qiymat As = ------------------------------ (2) Xizmat muddati Hisob siyosatida asosiy vositalar bo‘yicha foydali xizmat muddati ichida jamlanib boruvchi amortizatsiyani (eskirishni) hisoblash usullari ham belgilab olingan bo‘lishi kerak. BXMS №5 «Asosiy vositalar» ga muvofiq (p.23,24) jamlangan amortizatsiya (eskirish) ni hisoblash quyidagi usullar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin: Bir maromda hisoblash; Bajarilgan ish hajmiga proporsional hisoblash; Xizmat yillari yig‘indisiga proporsional hisoblash (kumulyativ usul); Kamayib boruvchi qoldiq qiymatdan hisoblash. Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya (eskirish)ni hisoblashga doir operatsiyalar schetlar rejasida ko‘zda tutilgan kontraktiv bo‘lgan 02 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schetlari»da aks ettiriladi. Ushbu schetning saldosi kredit tomonida bo‘lib, u jamlangan eskirish summasini ko‘rsatadi. Hisoblangan eskirish, ya’ni eskirish summasini ko‘payishi ushbu schetning kreditida va harajat schetlarining debetida (2010,2310,2510,3190, 9210,9410,9420,9430 va boshqalar), eskirish summasini kamayishi esa 02- schetning debetida va boshqa schetlarning kreditida (8510,0110-0190 va boshqalar) aks ettiriladi. Korxonalar zarur hollarda o‘zlarining to‘liq amortizatsiya qilingan yoki qilinmagan asosiy vositalarini sotishlari mumkin. Sotishga asos bo‘lib sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Asosiy vositani sotish schet-faktura bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat sotish operatsiyalarini hisobda aks ettirishga asos bo‘ladi. Schet-faktura asosida sotish operatsiyalari hisobda quyidagi buxgalteriya o‘tqazmalari bilan aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: Mol-mulkni real mavjudligini aniqlash; Mulkni haqiqiy mavjud holatini hisob ma’lumotlariga mos kelishligini aniqlash: Mulkni hisobda to‘liq aks ettirilganligini aniqlash. Asosiy vositalarning aniqlangan kamomadlari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi. 1.Kam chiqgan asosiy vositaning boshlang‘ich qiymati balansdan chiqarilganda Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling