0610 «Qimmatli qog‘ozlar» schyoti korxonalarning aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yo‘naltirgan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarini hisobini yuritishga mo‘ljallangan. Ushbu schyotning debetida aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olinishi aks ettiriladi, schyotning debet qoldig‘i esa sotib olingan qimmatli qog‘ozlarning qiymatini ko‘rsatadi. Schyotning kredit tomonida aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning korxona balansidan chiqib ketishi, ya’ni ularni kamayishi, aks ettiriladi. Aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning hisobi 0610- schyotda ularning nominal qiymatida yuritiladi.
0620 «Sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar» schyoti o‘z ixtiyorida sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga ega bo‘lgan korxonalarda qo‘ullaniladi va ular ushbu schyotda sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga kiritgan moliyaviy investitsiyalarini hisobini olib boradilar.
Sho‘’ba xo‘jalik jamiyati deb investor tomonidan to‘liq nazorat qilinadigan korxona tushuniladi. Bu turdagi investitsiyalar bo‘lib sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlarining chikargan aksiyalarini sotib olish olishga yunaltirilgan mablag‘lar, ularga ta’sis badali sifatida kiritilgan, qarz yoki kredit sifatida berilgan mablag‘lar hisoblanadi.
0630 «Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar» schyoti korxonalarning qaram xo‘jalik jamiyatlariga kiritilgan mablag‘larni hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Bunda qaram xo‘jalik jamiyati deganda mablag‘ kiritgan investor katta ta’sirga ega bo‘lgan, lekinda uning sho‘’ba xo‘jalik jamiyati yoki qo‘shma korxonasi bo‘lmagan korxona tushuniladi.
Agar investorning kiritgan mablag‘i qaram xo‘jalik jamiyatining jami kapitalida 20% dan ko‘p hissani tashkil etsa va shu miqdordan ortiq ovozga ega bo‘lsa, u holda uning qaram xo‘jalik jamiyatiga ta’siri katta hisoblanadi.
0640 «Chet el kapitaliga ega korxonalarga investitsiyalar» schyoti kushma korxonalarga investitsiyalar kiritgan korxonalar tomonidan qo‘llaniladi. Ushbu schyotda qo‘shma korxonaga ta’sis badali, qarz yoki kredit sifatida kiritilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |