3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarali foydalanish
- Qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan moliyaviy investitsiyalarni
Maqsadlilik – barcha moliyaviy investitsiyalar aniq maqsad bilan kiritiladi.
Qaytarishlik – barcha moliyaviy investitsiyalar shartnoma muddati tugagach korxonaga qaytariladi. To‘lovlilik – barcha moliyaviy investitsiyalar uchun shartnomaga muvofiq ularni olgan xo‘jalik sub’ekti to‘lov majburiyatini oladi. To‘lov majburiyati faqat ayrim hollarda shartnoma asosida bo‘lmasligi mumkin va bu, odatda, nochor korxonaga moliyaviy yordam bergandagina vujudga keladi. Samarali foydalanish – investor bergan mablag‘larini olgan xo‘jalik sub’ekti tomonidan samarali foydalanilayotganligini shartnoma asosida nazorat qilish huquqiga ega bo‘lishi mumkin. Sotish ob’ekti – qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar 1 yil ichida tez va erkin sotiladigan aktivlar hisoblanadi, uzoq muddatli investitsiyalar esa erkin sotilmaydigan aktivlar hisoblanadi. Moliyaviy investitsiyalar bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: Moliyaviy quyilmalarni ularning moxiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish; Moliyaviy quyilmalarni to‘g‘ri baholash va qayta baholash; Moliyaviy quyilmalar holati va harakatini to‘g‘ri, o‘z vaqtida tegishli boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish va hisob registrlarida aks ettirish; Moliyaviy quyilmalar bo‘yicha daromadlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq schetlarda aks ettirish; Moliyaviy quyilmalardan olingan daromadlarni Soliq Kodeksiga muvofiq soliqga tortilishini ta’minlash; Qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan moliyaviy investitsiyalarni baholashda ikkita sana muhim rol o‘ynaydi: Sotib olish sanasi Keyingi sanalar BHMS № 1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» ga muvofiq korxonalar o‘zlarining hisob siyosatlarida qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan moliyaviy investitsiyalari bo‘yicha quyidagilarni aniq belgilab olishlari darkor. 1.Qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan moliyaviy investitsiyalarni keyingi sanalarda baholash turini 2.Qayta baholashga asos bo‘lgan hisob usulini 3.Qayta baholashni qimmatli qog‘ozlarning nomlari, guruhlari yoki investitsiya portfeli bo‘yicha davriyligini Qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan moliyaviy investitsiyalarni keyingi sanalarda baholash ular qiymatini haqqoniyligini ta’minlash uchun zarur hisoblanadi, shuning uchun ham ularning qiymatini qayta baholash zaruriyati tug‘iladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling