3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chakana sotish
Ulgurji sotish –bu tovarlarni kelgusida boshqalarga sotish yoki iste’mol qilish uchun sotilishi. Ushbu savdo turini olib boruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ulgurji savdo korxonalari deb ataladi. Ulgurji savdoning harakterli xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
Tovarlarni katta partiyalarda naqdsiz sotilishi; Har bir sotish muomalasini albatta schyot-faktura bilan qat’iy rasmiylashtirilishi; • Tovarlarni faqat omborxonalardan jo‘natilishi; Respublikamizda tovarlarni ulgurji sotilishi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan «Ulgurji va chakana savdo faoliyatini qayd etish va olib borish tartibi to‘g‘risida Nizom» ga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ushbu Nizomga muvofiq ulgurji savdo bilan shug‘ullanish uchun ulgurji savdo korxonalari, shuningdek ulgurji savdo bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan boshqa korxonalar eng kam ish haqining 6000 miqdoridagi ustav kapitaliga ega bo‘lishi, shundan eng kam ish haqining 2000 miqdoridagi mablag‘larni qayd etishgacha bank muassasasida ochilgan dastlabki hisob-kitob raqamiga pul mablag‘lari bilan kiritgan bo‘lishlari, tovarlarni katta partiyada saqlash, saralash, o‘rash, yuklash, tushirish imkonini beradigan xususiy omborxonalar, jihozlar va boshqa moddiy-texnik vositalarga ega bo‘lishi, shuningdek mahalliy hokimlikning ruxsatnomasiga ega bo‘lishlari lozim. Chakana sotish – bu tovarlarni oxirgi iste’molchiga sotish. Ushbu savdo turini olib boruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar chakana savdo korxonalari deb ataladi. Chakana savdo korxonalariga ovqatlanish korxonalari ham tenglashtiriladi. Chakana savdoning harakterli xususiyatlariga quyidagilar kiradi: Tovarlarni naqd pulga sotilishi; Tovarlarni savdo shahobchalarida savdo ustamalari bilan birga hisobga olinishi; Tovarlarni naqdsiz mayda ulgurji sotilishini chegaralanganligi; Har bir tovarning sotilishini hujjatli rasmiylashtirilmasligi, lekinda kassa apparati pattasi bilan sotish summasini qayd etilishi; Chakana savdo faoliyatini olib borish respublikamizda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalari» tartibga solingan. 21- son BHMSda tovarlar hisobini olib borish uchun quyidagi schyotlar tizimi ko‘zda tutilgan: Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling