3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2930 «Ko‘rgazmadagi tovarlar
- 2950 «Tovar bilan bo‘lgan va bo‘sh turgan idishlar»
- 2970 «Yo‘ldagi tovarlar»
- 2990 «Boshqa tovarlar»
- .Davriy hisob tizimi
2910 «Ombordagi tovarlar» – ushbu schyot asosan ulgurji savdo va ovqatlanish korxonalarida tovarlarning saqlanish joylaridagi (omborlardagi) holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan.
2920 «Chakana savdodagi tovarlar» - ushbu schyot chakana savdo va ovqatlanish korxonalarida (magazinlar, kioskalar, bufet va boshqa shahobchalardagi) tovarlarning holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. 2930 «Ko‘rgazmadagi tovarlar» - ushbu schyot ulgurji, chakana va ovqatlanish korxonalarining reklama qilish maqsadida ko‘rgazmalar va yarmarkalarga qo‘yilgan tovarlarini holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. 2940 «Vaqtincha foydalanishga beriladigan buyumlar» – ushbu schyot maxsus shahobchalar orqali to‘lov asosida vaqtincha foydalanishga qo‘yilgan buyumlarni holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. 2950 «Tovar bilan bo‘lgan va bo‘sh turgan idishlar» -ushbu schyot tovar bilan birga bo‘lgan va bo‘sh turgan idishlarning holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. 2960 «Komission tartibda sotishga berilgan tovarlar» –bu schyot maxsus shahobchalarda komission tartibda sotishga berilgan tovarlarning holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. 2970 «Yo‘ldagi tovarlar» –bu schyot puli to‘langan va ta’minotchidan jo‘natilgan, lekinda korxonaga hali kelib tushmagan tovarlarni aks ettirishga mo‘ljallangan. 2980 «Savdo ustamasi» –bu schyot savdo va ovqatlanish korxonalarida tovarlarga qo‘yilgan savdo ustamalarining holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. 2990 «Boshqa tovarlar» –bu schyot yuqorida nomlari zikr etilgan schyotlarda aks ettirilmagan turli boshqa tovarlarni, masalan konsignatsiyaga berilgan tovarlarni, hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Yuqorida keltirilgan 2980 «Savdo ustamasi» schyotidan tashqari barcha boshqa schyotlar aktiv, doimiy schyotlar hisoblanadi, ularning debetida tovarlarning qoldiqi va ko‘payishi, kreditida esa kamayishi aks ettiriladi. 2980 «Savdo ustamasi» schyoti kontraktiv schyot bo‘lib, uning kreditida qoldiq tovarlarga to‘g‘ri keladigan savdo ustamalarining summasi va ularning ko‘payishi, kreditida esa –savdo ustamalarini kamayishi aks ettiriladi. Savdo ustamalarining summasini tovarlarni sotilishi va boshqa chiqimlari natijasida kamayishi ushbu schyotning kreditida «qizil yozuv» bilan ham aks ettirilishi mumkin. 4-son BHMS ga muvofiq tovarlarni hisobga olishning ikkita tizimi mavjud: 1.Davriy hisob tizimi – bu tizim chakana savdo va ovqatlanish shahobchalariga taalluqli bo‘lib, unda har bir tovarning sotilishi qat’iy hujjatlashtirilmaydi, shu sababli sotilgan tovarlarning tannarxini har bir hujjat asosida aniqlab bo‘lmaydi. Ushbu tizimdagi korxonalar hisobot davri ichida tovarlarni sotib olinishini vaqtinchalik 9140 «Davriy hisobda tovar-moddiy boyliklarni sotib olish» schyotining debetida (kredit 6010 «Ta’minotchilar va pudratchilarchilarga to‘lanadigan schyotlar» va boshqalar), tovarlarning davr boshidagi va davr oxiridagi qoldiqlaridagi farqni esa vaqtinchalik 9150 «Davriy hisobda tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha tuzatishlar» schyotining debetida (kredit 2910 «Ombordagi tovarlar») aks ettiradilar. Davr oxiridagi tovarlarning qoldig‘i ushbu usulda faqat inventarizatsiya qilish yo‘li bilan topiladi. Hisobot davr oxiriga kelib, yuqoridagi vaqtinchalik schyotlar 9910 «Oxirgi moliyaviy natija» schyotining debetiga yopiladi. Tovarlarning sotilishi ushbu usulda sotish bahosida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi: a) Naqd sotilganda Debet 5010 «Kassa» Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling