4840 “ Olinadigan dividendlar” - ushbu schyotda korxonaning boshqa yuridik shaxslarning aksiyalariga kiritilgan investitsiyalari bo‘yicha hisoblangan dividendlarga tegishli olinadigan joriy to‘lovlarining holati va harakati aks ettiriladi. Ushbu schyotning debetida dividend bo‘yicha debitorlik qarzini vujudga kelishi va daromadga kiritilishi ( 9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar” schyotining kreditiga), kreditida esa ushbu to‘lovlar bo‘yicha debitorlik qarzlarini pul mablag‘lari schyotlariga kelib tushishi natijasida kamayishi aks ettiriladi.
4850 “ Olinadigan royalti” - ushbu schyotda korxonaning boshqa yuridik shaxslarga foydalanishga berib qo‘yilgan nomoddiy aktivlaridan kelib tushadigan va chet elda “royalti” nomini olgan davriy ajratmalariga tegishli olinadigan joriy to‘lovlarining holati va harakati aks ettiriladi. Ushbu schyotning debetida royaltilar bo‘yicha debitorlik qarzini vujudga kelishi va daromadga kiritilishi ( 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar” schyotining kreditiga), kreditida esa ushbu to‘lovlar bo‘yicha debitorlik qarzlarini pul mablag‘lari schyotlariga kelib tushishi natijasida kamayishi aks ettiriladi.
4860 “ Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar”- ushbu schyotda korxonaning boshqa yuridik shaxslarga turli sabablarga ko‘ra bildirgan da’volariga tegishli olinadigan joriy to‘lovlarining holati va harakati aks ettiriladi. Da’volar ta’minotchilarga, xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarga, bankga, davlat idoralariga va boshqa yuridik shaxslarga shartnoma shartlarini haqiqatda bajarishda yo‘l qo‘yilgan chetlanishlar uchun bildiriladi. Ushbu schyotning debetida ushbu bildirilgan da’volar bo‘yicha debitorlik qarzini vujudga kelishi (6010, 1010-1090,1510,5110 va boshqa schyotlarning krediti), kreditida esa ushbu to‘lovlar bo‘yicha debitorlik qarzlarini kelib tushishi yoki korxona hisobidan qoplanishi
(1010-1090,1510,5010,5110,9430 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |