Ish bilan bandlik
fondi
| | | | |
1% lik ajratma
2,5 % lik ajratma
| |
Korxonalarning mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni sotishdan olingan sof
tushumi
Tovaroborot hajmi
Avtotransport daromadi
|
Eslatma: Nogironlar mehnatidan foydalanuvchi korxonalar pensiya fondiga ijtimoiy sug‘urta ajratmasini nogironlarga hisoblangan ish haqi fondidan 4,7 % miqdorida, «O‘zbekistonlik Chernobilchilar» Respublika Assotsiatsiyasi – ish haqi fondidan 4,7% miqdorida, «O‘zbekiston bolalar qishloqlari» SOS Assotsiatsiyasi –ish haqi fondidan 7% miqdorida hisoblaydilar.
21- son BHMS ga muvofiq korxonalarning byudjetdan tashqari davlatning maqsadli fondlari va sug‘urta tashkilotlariga o‘tqazgan avans to‘lovlari 4510
«Sug‘urta bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» va 4520 «Davlatning maqsadli fondlariga bo‘nak to‘lovlari» schyotlarining debet tarafida hisob-kitob schyotidan o‘tqazib berilgan vaqtdan boshlab hisobga olinadi. Hisobot davri tugagach, oxirgi hisob-kitoblar tayyorlanganda ushbu bo‘nak to‘lovlari yopiladi, ya’ni :
Debet 6510 «Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar», 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar»
Kredit 4510 «Sug‘urta bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» va 4520 «Davlatning maqsadli fondlariga bo‘nak to‘lovlari»
Agar bo‘nak to‘lovlari hisoblangan qarzlardan ko‘p bo‘lsa, u holda 6510-6520 schyotlar yopilib, qoldiq 4510-4520 schyotlarda qoladi. Agar hisoblangan qarzlar bo‘nak to‘lovlaridan ko‘p bo‘lsa, u holda 4510-4520 schyotlar yopilib, qoldiq 6510-6520 schyotlarda qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |