Debet 6710 “ Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar”
Kredit 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”
Ish haqi – bu xodimga bajargan ishi yoki ishlagan vaqti uchun hisoblangan rag‘batlantirishning miqdori.
Korxona uchun hisoblangan ish haqi, bir tomondan ,harajat, ikkinchi tomondan, to‘lanishi kerak bo‘lgan majburiyat hisoblanadi. Xodim uchun ish haqi uning ishlab topgan daromadi hisoblanadi.
Ish haqining ikkita shakli, ya’ni ishbay va vaqtbay shakllari, shuningdek uning ikkita turlari, ya’ni asosiy ish haqi va qo‘shimcha ish haqi turlari, mavjud.
Ishbay ish haqi deganda xodimlarga haqiqatda bajargan ishlari uchun hisoblangan ish haqi tushuniladi. Ushbu ish haqi shaklida xodimga hisoblanadigan ish haqining miqdori bevosita u bajargan ishning hajmiga va bir birlik ish uchun belgilangan ish haqi summasiga bog‘liq bo‘ladi. Ish haqining ushbu shakli ishchilar, quruvchilar, sotuvchilar va boshqa bevosita ish bajaruvchilar uchun qo‘llaniladi.
Vaqtbay ish haqi deganda xodimlarga haqiqatda ishlagan vaqtlari uchun hisoblangan ish haqi tushuniladi. Ushbu ish haqi shaklida xodimga hisoblanadigan ish haqining miqdori bevosita u ishlagan soatlar yoki kunlarning soniga, shuningdek shtat jadvaliga muvofiq belgilangan ish haqi summasiga bog‘liq bo‘ladi. Ish haqining ushbu shakli ishchilar, quruvchilar, sotuvchilar va boshqa bevosita ish bajaruvchilar uchun qo‘llaniladi.
Asosiy ish haqi deganda xodimning haqiqatda bajargan yoki ishlagan vaqti uchun hisoblangan ish haqi tushuniladi.
Qo‘shimcha ish haqi deganda xodimga uni ijtimoiy himoya qilish maqsadida, shuningdek unga korxona faoliyatida erishilgan yutuqlar, atoqli sanalar, turli shart – sharoitlar uchun asosiy ish haqiga qo‘shimcha tarzda hisoblangan to‘lovlar tushuniladi. Qo‘shimcha ish haqiga vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik uchun hisoblangan nafaqalar, mehnat ta’tili haqi, unvon, kategoriya va boshqa ajralib turadigan tavsiflari uchun beriladigan qo‘shimchalar, mukofatlar, moddiy yordamlar va kompensatsiyalar kiradi.
Asosiy va qo‘shimcha ish haqlarini hisoblashga quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |