3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Ta’minotchilar va haridorlar oldidagi majburiyatlarning hisobi
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.4.Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarning hisobi
8.3.Ta’minotchilar va haridorlar oldidagi majburiyatlarning hisobiTa’minotchilar oldidagi majburiyatlar ulardan TMB, uzoq muddatli aktivlar, turli ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblarni va oxirgi to‘lovlarni keyinchalik amalga oshirganda vujudga keladi. Haridorlar oldidagi majburiyatlar esa ulardan hali jo‘natilmagan TMB lar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni avans tariqasida oldindan olib qo‘yilganda vujudga keladi. 21- son BHMS ga muvofiq bunday tovar harakteridagi majburiyatlar hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi: 6010 “ Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” 6020 “Berilgan veksellar” 6110 “ Alohida ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotllar” 6120 “ Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar” 6310 “Haridor va buyurtmachilardan olingan avanslar” Ushbu passiv schyotlarning kreditida ta’minotchi va haridorlar oldidagi majburiyatlarning vujudga kelishi, ularni ko‘payishi va oxirgi qoldiqlari, debetida esa majburiyatlarni uzilishi aks ettiriladi. Majburiyatlarni vujudga kelishida uzoq muddatli aktivlar schyotlari (0110-0190,0410-0490,0710,0810-0890), TMZ schyotlari (10101090,1110-1120,2010,2310,2510,2810,2910-2990), davr harajatlari schyotlari ( 9410,9420,9430) va boshqa schyotlar debetlanadi. Majburiyatlarni uzilishida pul mablag‘lari schyotlari (5010,5110,5510-5530,5210,5220), kredit va qarzlar schyotlari ( 6810,6820,7810,7820) va boshqa schyotlar kreditlanadi. Ta’minotchilar va haridorlar bilan hisob-kitoblarning analitik hisobi ularning har biri bo‘yicha alohida yuritiladi. 8.4.Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarning hisobiXo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjetga to‘lovlari bo‘lib asosan soliqlar va yig‘imlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida soliq va yig‘imlarni hisoblash va to‘lash tartiblari Soliq Kodeksi va har bir soliq to‘lovlari bo‘yicha tasdiqlangan yo‘riqnomalarda o‘z aksini topgan. Buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan barcha soliq to‘lovlarini to‘rtta guruhga ajratish mumkin: Korxonalarning oborotidan olinadigan soliqlar – ularga aksiz solig‘i, QQS va eksport bo‘yicha bojxona to‘lovlari kiradi. Korxonalarning boshqa operatsion harajatlariga kiritiladigan soliqlar –ularga molmulk solig‘i, yer solig‘i, ekologiya solig‘i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kiradi. Korxonalarning daromadi (foydasi) dan olinadigan soliqlar – ularga daromad (foyda) solig‘i, yalpi tushumdan yagona soliq,, yagona yer solig‘i, infrastrukturani rivojlantirish solig‘i kiradi. Jismoniy shaxslar daromadlaridan ushlanadigan soliq. 21- son BHMS ga muvofiq byudjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarning hisob-kitoblari 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyotida hisobga olinadi. Korxonalar o‘zlarining ishchi schyotlar rejasida har bir soliq turiga alohida schyotlarni, masalan, 6411 “ Byudjetga QQS bo‘yicha qarz”, 6412 “Byudjetga aksiz bo‘yicha qarz” va shu kabi boshqa schyotlarni, ochishlari mumkin. Ushbu passiv schyotlarning kreditida soliq to‘lovlari bo‘yicha byudjet oldidagi majburiyatlarning vujudga kelishi, ularning ko‘payishi va oxirgi qoldiqlari, debetida esa byudjetga to‘lovlarni kamaytirilishi va o‘tqazib berilishi aks ettiriladi. Soliqlar bo‘yicha majburiyatlar ular bo‘yicha tuzilgan hisob-kitoblarga asosan hisoblanadi va quyidagicha aks ettiriladi: Aksiz solig‘i, QQS va eksport bo‘yicha bojxona boji summasiga Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling