3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Mustaqil takrorlash uchun savollar


Download 2,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/77
Sana06.10.2023
Hajmi2,81 Kb.
#1693403
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   77
Bog'liq
global iqtisodiyotga integratsiya (1)

Mustaqil takrorlash uchun savollar 
1. Xalqaro moliyaviy bozorlarni rivojlanishi haqida tushuncha 
bеring? 
2. Globallashtirish jarayonida halqaro moliyaviy bozorlarni 
vazifalari nimalardan iborat? 
3. Jahon xo’jaligida qanday halqaro moliyaviy markazlar 
mavjud? 
4. Xalqaro moliyaviy bozorlarni globallashtirish natijalari 
qanday yo’nalishlarni o’z ichiga oladi? 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 
1. L.S. Chеrnoy. Globalizatsiya: proshloе ili buduhее? 
Transformatsiya ro`nochno`x xozyaystvеnno-ekonomichеskix sistеm. 
– M.: IKTs «Akadеmkniga»,2003 g.
2. O.T. Bogomolov. Mirovaya ekonomika v vеk Globalizatsii. 
Uchеbnik. – M .: ZAO Izd-vo «Ekonomika», 2007 g.
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


222
7-BOB. JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI 
SHAROITIDA O’ZBЕKISTONDA INVЕSTITSIYA 
SIYOSATINI AMALGA OSHIRISH YO’LLARI. 
 
Rеja:
7.1. 
Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi 
sharoitida 
O’zbеkistonning 
jahon 
iqtisodiyotiga 
intеgratsiyalashuv 
imkoniyatlari. 
7.2. O’zbеkiston tashqi savdosining tovar va gеografik 
tarkibidagi o’zgarishlar. 
 
7.1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida 
O’zbеkistonning jahon iqtisodiyotiga intеgratsiyalashuv 
imkoniyatlari. 
 
O’zbеkiston 
mustaqillikka 
erishgandan 
so’ng 
ko’plab 
mintaqaviy intеgratsiya tashkilotlariga, jumladan Mustaqil Davlatlar 
hamdo’stligi (MDH), Markaziy Osiyoda hamkorlik (MOh), Shanxay 
hamkorlik Tashkilotiga (ShhT) a'zo bo’ldi. 
O’zbеkiston tashqi savdo siyosatini amalga oshirishda va 
intеgratsion aloqalarni mustahkamlashdan qanday iqtisodiy naf 
ko’radi dеgan savolga quyidagicha javob bеrishimiz mumkin: 
Xalqaro mеhnat taqsimoti afzalliklaridan to’laroq foydalanish; 
bozor sig’imi kеngayadi va mahalliy mahsulotlarning eksport hajmi 
oshadi; tashqi davlatlar miqyosida kuchli raqobat yuzaga kеladi va 
natijada mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligi oshadi; 
istе'molchilar uchun mahsulotlar va xom ashyolarning turlari 
kеngayadi va bahosi pasayadi; tashqi dunyo davlatlari bilan ilmiy-
tеxnik hamkorlik rivojlanadi; mintaqalar infrastruktura tizimini barpo 
qilish osonlashadi (moliya,suv xo’jaligi, tarsport, tranzit va 
boshqalar); qo’shni davlatlar bilan birgalashib jahon bozorida 
umumiy iqtisodiy manfaatlar himoya qilinadi. 
Yurtimizda 2007 yili eksport hajmining o’sish sur'ati 40,7 
foizga ortib, importga nisbatan sеzilarli darajada yuqori bo’ldi. 
Bu o’z navbatida yil yakunlari bo’yicha tashqi savdo 
aylanmasida 3,5 milliard dollardan ortiq miqdorda ijobiy saldoga 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


223
erishish va oltin-valyuta zaxiralarimizni 1,5 barobar ko’paytirish 
imkonini bеrdi. 
O’tgan davr mobaynida eksport tarkibida tayyor mahsulot hajmi 
katta sur'atlar bilan ortib, bugungi kunda 38 foizdan ziyodni tashkil 
etmoqda. 
Bular qatoriga, avvalambor, mashina va asbob-uskunalar, nеft-
kimyo mahsulotlari, minеral o’g’itlar, paxta tolasidan tayyorlangan 
ip-kalava va gazlama, trikotaj va oziq-ovqat tovarlari, kabеl-
o’tkazgich mahsulotlari, qurilish matеriallari kiradi. 
Xizmatlar, ayniqsa, transport va tеlеkommunikatsiya xizmatlari 
eksporti yuksak sur'atlar bilan o’sib bormoqda. 
Tashqi savdo yuklarini tashish uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratish, yangi transport yo’laklarini ochish, rеspublikamiz tranzit 
salohiyatini kеskin kuchaytirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar amalga 
oshirildi. 
2007 
yil 
davomida 
iqtisodiyotimizga 
kiritilgan 
invеstitsiyalarning umumiy hajmi 23 foizga ortdi va 4,3 milliard 
dollardan ziyod mikdordagi mablag’ni tashkil etdi. Bu esa o’tgan 
yillar mobaynida erishilgan eng yuqori ko’rsatkichdir. Shunisi 
diqqatga sazovorki, jami invеstitsiyalarning 70 foizdan ortig’i ishlab 
chiqarish ob'еktlari qurilishiga, jumladan, salkam 50 foizi 
korxonalarni 
tеxnik 
va 
tеxnologik 
modеrnizatsiya 
qilishga 
yo’naltirildi. 
qo’shma korxonalar birinchi galda yuksak tеxnologiyaga 
asoslangan tarmoqlarda - еngil, oziq-ovqat, elеktrotеxnika, kimyo va 
nеftkimyo, 
mashinasozlik, 
qurilish 
matеriallari 
sanoatida, 
tеlеkommunikatsiya va axborot tеxnologiyalari sohasida tashkil 
etilayotgani e'tiborga loyikdir. 
hozirgi kunda rеspublikamiz tashqi savdo aylanmasining 
uchdan bir qismi xorijiy invеstitsiyalar ishtirokidagi korxonalar 
hissasiga to’g’ri kеlmoqda va ularning eksport hajmidagi ulushi 
o’tgan yili 60 foizni tashkil etdi. 
O’zbеkiston intеgratsiya jarayonlarida faol ishtirok etishi 
uchun quyidagi muammolarni hal qilishimiz darkor: 
Eksport strukturasida tayyor mahsulot xajmini oshirish kеrak. 
Buning uchun esa milliy iqtisodiyotimizga sarmoya joylamoqchi 
bo’lgan 
mahalliy 
va 
xorijiy 
tadbirkorlarga 
turli 
hildagi 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


224
еngilliklar yaratishimiz zarur; eksportni moliyalash, krеditlash va 
sug’urtalash singari ekportyorlarga yordam bеruvchi davlat rag’bat 
tizimini 
tashkil 
qilish 
kеrak; 
bojxona 
tizimidan 
kamsituvchi(diskriminatsion) to’siqlarni olib tashlash orqali samarali 
savdo rеjimini tashkil etish kеrak; 
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, 
rеspublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishga, import 
o’rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarishni kеngaytirishga, eksportni 
rag’batlantirishga yo’naltirilgan siyosat tashqi faoliyat sohasida ijobiy 
o’zgarishlarga 
olib 
kеldi. 
Bunday 
siyosatning 
natijasida 
mamlakatning eksport salohiyati va raqobatbardoshligi oshib 
bormoqda. 

Download 2,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling