Debitorlik qarzlarning boshlang‘ich (dastlabki) qiymati deganda ularning vujudga kelgan sanasidagi qiymati tushuniladi. Ushbu qiymat bo‘lib, odatda, schyotfaktura va dalolatnomalarda ko‘rsatilgan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning sotish bahosidagi qiymati hisoblanadi.
Debitorlik qarzlarning sof qiymati deganda haridor va buyurtmachilarga berilgan pulli chegirmalar, savdo chegirmalari, ulardan qaytib kelgan tovar-moddiy boyliklar, shubhali qarzlar summalari ayirilib tashlangandan keyin, shuningdek chet el valyutalari kurslari va milliy valyuta kursi o‘rtasidagi farqlar hisobga olib topilgan qiymat tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |