Pulli chegirmalar – bu jami olinadigan schyotlar summasining ma’lum bir qismini rag‘batlantirish vositasi sifatida haridor va buyurtmachilar ixtiyorida qoldiriladigan qismi. Bunday chegirmalar, odatda, sotuvchi tomonidan debitorlik qarzlarni tezroq o‘ndirib olish, shubhali qarzlarni vujudga kelishining oldini olish maqsadlarida beriladi. Pulli chegirmalar olinadigan schyotlar summasiga nisbatan foizlar ko‘rinishida yoki qat’iy summada belgilanishi mumkin.
Savdo chegirmalari – bu tovarlarni tezroq katta miqdorda sotish maqsadida, shuningdek ularni reklama qilish maqsadida haridorlar foydasiga sotib olishda tovarning sotish bahosidan kamaytiriladigan qismi.
Qaytarilgan tovar-moddiy boyliklar qiymati– bu haridor va buyurtmachilarga jo‘natilgan, lekinda ma’lum sabablarga ko‘ra ular tomonidan qaytarib berilgan, shuning uchun kelib tushadigan debitorlik qarzlar summasidan ayirib tashlanadigan qiymat.
Olinadigan schyotlar bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Olinadigan schyotlarni asosli tan olish va real baholash;
Olinadigan schyotlarni vujudga kelishi va qoplanishini o‘z vaqtida tegishli hujjatlar bilan to‘g‘ri rasmiylashtirish;
Olinadigan schyotlarni mazmuni, harakteri va boshqa belgilari bo‘yicha ular uchun ko‘zda tutilgan schyotlarda aks ettirish;
Olinadigan schyotlarning holati va harakati ustidan doimiy nazoratni olib borish;
Olinadigan schyotlarni o‘z vaqtida kelib tushushini, to‘lov muddatini o‘tib ketmasligi ustidan doimiy nazorat qilish;
Kelib tushushi shubhali hisoblangan debitorlik qarzlarni sud organlari orqali o‘ndirib olinishini yoki korxona hisobidan to‘g‘ri chiqarilishini nazorat qilish;
Olinadigan schyotlar bo‘yicha hisobotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tegishli organlarga yetqazish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |