3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Xodimlarga berilgan bo‘naklarning hisobi


Download 0.61 Mb.
bet112/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

7..3. Xodimlarga berilgan bo‘naklarning hisobi


Korxonalar o‘zlarining xodimlariga turli maqsadlarda bo‘nak tariqasida mablag‘larni berishlari mumkin, masalan ish haqi bo‘yicha, qiladigan safari bo‘yicha, tayyorlov maqsadida va boshqa maqsadlarda. Bunday debitorlik qarzlari bo‘yicha hisobkitoblarning hisobi 21-son BXMS ga muvofiq quyidagi schyotlarda olib boriladi:



  • 4210 “Ish haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklar” – bu aktiv schyot korxonaning o‘z xodimlariga ish haqi bo‘yicha hisobot davri ichida bergan mablag‘larining holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. Xodimlarga ish haqi bo‘yicha bo‘naklar kassadan to‘lov qaydnomalari asosida beriladi. Umumiy berilgan bo‘nak summasiga to‘lov qaydnomalari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:

Debet 4210 « Ish haqi bo‘yicha berilgan avanslar “

Kredit 5010 «Kassa»

Berilgan bo‘naklar oy oxirida xodimlar bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda e’tiborga olinadi va jami hisoblangan ish haqidan ushlab qolinadi, ya’ni:



Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar»

Kredit 4210 « Ish haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklar “

Xodimlarga ish haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklarning analitik hisobi har bir xodim bo‘yicha olib boriladi


1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling