Fs = Nq x Fm : 100% : 365 x K
Sotuvchiga haridor yoki buyurtmachi debitorlik qarzini o‘rniga veksellar berganda quyidagi yozuv qilinadi:
Debet 4020 “Olingan veksellar”
Kredit 4010 “ Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”
Oddiy va murakkab , foizli va foizsiz veksellar bo‘yicha shartnomaga asosan hisoblangan foizlar summasiga quyidagi yozuvlar qilinadi:
Debet 4830 “ Olinadigan foizlar”
Kredit 9530 “ Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”
Veksellar qiymati va ular bo‘yicha foizlar kelib tushganda quyidagi yozuvlar qilinadi:
Debet 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob –kitob schyoti” , 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari» va boshqalar.
Kredit 4020 “Olingan veksellar”, 4830 “ Olinadigan foizlar”
• 4110 «Alohida ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar» va 4120 «Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar» -ushbu schyotlar korxonaning alohida ajratilgan bo‘linmalari (filiallari va vakolatxonalari), shuningdek uning ta’sis etilgan sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari bilan hisob –kitoblarining holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. Ushbu schyotlarni yuritish tartibi 4010– schyotni yuritish tartibiga to‘liq o‘xshashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |