3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Download 0.61 Mb.
bet23/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

Asosiy qism – unda hisoboti berilayotgan hisob ob’ektiga doir yig‘ma ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

  • Rasmiylashtirish qismi - unda korxona rahbari va bosh hisobchisining familiyasi, ismi-sharifi, hisobot tuzilgan sana ko‘rsatiladi. Shuningdek ushbu qismga ma’lumotlarni to‘g‘riligi hamda rahbar va bosh hisobchining imzolarini tasdiqlashga guvohlik beruvchi korxona muhri qo‘yiladi.

    Moliyaviy hisobotning realligiga korxona rahbari javob beradi.

    Moliyaviy hisobotni tuzishda hisobot sanasi bo‘lib hisobot davrining eng oxirgi kalendar kuni hisoblanadi.

    Hisobot davri bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:


    • Hisobot yilida to‘liq yangi tashkiliy o‘zgarishlarsiz ishlagan korxonalar uchun – hisobot yilning 1 yanvaridan shu yilning 31 dekabr kunining oxirigacha olingan davr.

    • Hisobot yilida tuzilgan korxonalar uchun tashkil topgan kunidan hisobot yilning 31 dekabr kunining oxirigacha bo‘lgan davr, 1 oktyabrdan keyin tashkil topgan korxonalar uchun –tashkil topgan kundan boshlab keyingi yilning 31 dekabr kunining oxirigacha bo‘lgan davr.

    • Hisobot yilida o‘z faoliyatini tugatgan korxonalar uchun –hisobot yilning boshidan tugatilgan kungacha bo‘lgan davr.

    Moliyaviy hisobotda ma’lumotlar ming sum hisobida yaxlitlangan holda ko‘rsatiladi. Unda tasdiqlangan Qoidalarga muvofiq ma’lumotlarni o‘chirish, buzib to‘g‘rilash hollari bo‘lmasligi shart.

    Moliyaviy hisobot quyidagi instansiyalarga majburiy holda topshiriladi:



    • Soliq idorasiga;

    • Bankga;

    • Statistika organiga.

    Yuqori tashkiloti bo‘lgan korxonalar moliyaviy hisobotini unga topshirishlari lozim.

    Moliyaviy hisobotlar tasdiqlangan Nizomga muvofiq yuqorida nomlari zikr etilgan organlarga quyidagi muddatlarda topshirilishi lozim:



    • Choraklik hisobotlar –chorakdan keyingi oyning 25 sanasigacha bo‘lgan muddatda;

    • Yillik hisobotlar – keyingi yilning 15 fevraligacha bo‘lgan muddatda, qo‘shma korxonalar esa –keyingi yilning 15 martigacha bo‘lgan muddatda.

    • Vazirliklar –keyingi yilning 1 apreligacha bo‘lgan muddatda.

    Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha korxonaning o‘ziga xos rejasi hisoblanadi. Bu reja, odatda, rasmiy hujjat sifatida rasmiylashtiriladi. U korxonaning bosh hisobchisi tomonidan yilning oxirida kelgusi yil uchun ishlab chiqiladi va korxona rahbari tomonidan buyruq yoki farmoyish bilan tasdiqlanadi.

    Hisob siyosati BXMS №1 ning 56- punktiga muvofiq taqvim yili maboynida doimiy harakterga ega bo‘lishi lozim. Uni yil ichida sababsiz o‘zgartirish mumkin emas. BXMS № 1 ning 56- punktiga muvofiq tasdiqlangan va foydalaniyotgan hisob siyosati yil ichida quyidagi hollarda o‘zgartirilishi mumkin:



    • Korxonaning statusi va tarkibiy tuzilishi o‘zgartirilganda;

    • Mulk egalari o‘zgarganda;

    • Davlat qonunlari o‘zgarganda;

    • Hisobning yangi shakllari va yuritish usullari joriy etilganda.

    Hisob siyosatiga kiritilgan o‘zgartirishlar asoslangan bo‘lishi, shuningdek korxona rahbarining buyrug‘i yoki farmoyishi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

    BXMS № 1 ning 62-punktiga muvofiq hisob siyosati rasmiy hujjat sifatida moliyaviy hisobot bilan birgalikda majburiy tarzda quyidagi tashkilotlarga taqdim etiladi:



    • Yuqori tashkilotga;

    • Soliq idorasiga;

    • Davlat statistika organlariga;

    • Qonunda ko‘zda tutilgan boshqa organlarga.

    Talab va so‘rovlarga ko‘ra hisob siyosati prokuratura, sud va arbitrajga, investorlarga, aksionerlarga, kreditorlarga, auditorlik firmalariga va boshqa qiziquvchilarga ham taqdim etilishi mumkin. Korxonaning o‘z xodimlari uchun hisob siyosati ochiq bo‘lishi lozim.

    Korxonaning hisob siyosatidan har bir qiziquvchi o‘z maqsadlarida foydalanadilar. Masalan, soliq idorasi uchun ushbu hujjat korxonada soliqlar hisob-kitoblarini to‘g‘riligini tekshirish, hisobni to‘g‘ri yuritilganligini nazorat qilish maqsadida zarur. Auditorlik firmalari hisob siyosatini o‘rganish asosida uni to‘g‘ri tuzilganligi to‘g‘risida xulosa qiladilar, shuningdek unga qanchalik amal qilinayotganligiga baho beradilar.

    Investorlar, aksionerlar, kreditorlar uchun hisob siyosati o‘z mablag‘larini ushbu korxonaga qo‘yish yoki qo‘ymaslik bo‘yicha qaror qabul qilishda asos bo‘lib hisoblanadi.

    Hisob siyosati rasmiy hujjat sifatida ma’lum shakl va tarkibga ega bo‘lishi kerak. BXMS № 1 ning 96-punktiga muvofiq hisob siyosatida quyidagi tarkibiy elementlar o‘z aksini albatta topishi lozim:



    • Korxona aktivlarini baholash turlari va usullari;

    • Amortizatsiyani hisoblash usullari;

    • Rezervlarni tashkil qilish;

    • Tovar-moddiy boyliklarni baholash va hisobga olish usullari;

    • Tadqiqot va rivojlanishga sarflangan harajatlarni tan olish va hisobga olish;

    • Tannarxni kalkulyatsiya qilishning usullari;

    • Moliyaviy hisobotni konsolidatsiya qilish tartibi; • Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotni tuzish usullari;

    • Buxgalteriya hisobining ishchi schetlar rejasi.

    Hisob siyosatida yuqorida keltirilgan ma’lumotlar alohida boblar, paragraflar ko‘rinishida ifodalangan bo‘lishi lozim. Korxonaning moliyaviy hisobotini tuzishda muhim ahamiyat kasb etadigan boshqa hollar va tartiblar ham hisob siyosatida aks ettirilishi mumkin.

    Korxonada ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hisob siyosatiga to‘liq amal qilinishi lozim. Buning uchun korxonada tegishli shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak. Jumladan, xodimlar o‘rtasida bajariladigan ishlar aniq taqsimlangan bo‘lishi kerak. Bunday taqsimotni bosh hisobchi amalga oshiradi. U har bir hisobchiga yuritiladigan buxgalteriya hisobi schetlarini, hisob registrlarini ochish, yuritish, yopish tartiblari va muddatlarini belgilab beradi.

    Bosh hisobchi korxonaning buxgalteriyasi, uning bo‘limlari to‘g‘risida Nizomni ishlab chiqishi, uni rahbariyat tomonidan tasdiqlanishini ta’minlashi kerak. Nizomda har bir bo‘lim xodimining lavozimiga qarab bajaradigan ishlari va majburiyatlari aniq belgilangan bo‘lishi lozim.

    Hisob siyosatiga amal qilishning muhim shartlaridan biri bo‘lib korxonada hujjatlar aylanishining aniq grafigini ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi hisoblanadi. Bunday grafiklarni jadval yoki tarmoqli grafik ko‘rinishida ifodalash mumkin.

    Hisob siyosatiga amal qilishning yana bir muhim shartlaridan biri bo‘lib hisob xodimlari faoliyatiga baho berish yoki reyting tizimini mavjudligi hisoblanadi. Ishga baho berish yoki reyting tizimiga amal qilish hisobchilarni rag‘batlantirish (yutuqlar uchun), yoki ularga nisbatan jazo choralarini ko‘rish (xato-kamchiliklar uchun) orqali amalga oshirilishi lozim. Hisobchilar ishiga baho berish reyting tizimini mavjudligi va uni doimiy tarzda hisobchilar o‘rtasida e’lon qilib borish buxgalteriya ishini doimiy yaxshilanib borishiga katta ta’sir ko‘rsatish vositasi hisoblanadi.

    Hisob siyosatiga amal qilishning muhim shartlariga yana doimiy harakatdagi ilmiy– amaliy seminarlarni uyushtirishni, hisobchilarning malakasini doimiy tarzda oshirib borishni va boshqalarni kiritish mumkin.

    Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida Qonunga muvofiq (7-modda) korxonada buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish ma’suliyati bevosita uning rahbariga yuklatiladi.

    Korxona rahbari, jumladan, quyidagilarni ta’minlashi lozim:



    • Hisob va hisobotning ichki tizimini ishlab chiqish;

    • Xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini belgilash;

    • Buxgalteriya hisobini to‘liq va aniq bo‘lishligi;

    • Hisob hujjatlarini butligi;

    • Moliyaviy hisobotni tashqi foydalanuvchilar uchun tayerlash;

    • Hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshishi va taqdim etilishi;

    • Imzo chekish huquqiga ega shaxslarni belgilash;

    • Korxona aktivlarini inventarizatsiya qilish muddatlarini va komissiyalarini belgilash, ularni o‘z vaqtida amalga oshishini nazorat qilish.

    Qonunning 7-moddasiga muvofiq korxonada buxgalteriya hisobini tashkil qilish quyidagi to‘rtta shakllardan birida amalga oshishi mumkin.

    1. Bosh buxgalter rahbarligidagi maxsus buxgalteriyani tashkil etish.

    2. Shartnoma asosida jalb etilgan buxgalterni xizmatidan foydalanish.

    3. Shartnoma asosida buxgalteriya hisobini yuritish vakolatini maxsus buxgalterlik (auditorlik) firmasiga yoki o‘z birlashmasining markaziy buxgalteriyasiga berish.

    4. Buxgalteriya hisobini rahbarning o‘zi tomonidan mustaqil olib borish.

    Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning birinchi shakli xodimlar soni ko‘p bo‘lgan, ish hajmi katta bo‘lgan korxonalarda (zavod, fabrika, kompaniya, shirkat xo‘jaligi, jamoa xo‘jaligi va boshqalar) qo‘llaniladi. Bu shaklda buxgalteriya hisobini korxonaning maxsus bo‘linmasi, ya’ni buxgalteriya olib boradi.


    Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   302




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling