Asosiy vositalar hisobi uchun mo‘ljallangan schetlar tizimi
-
|
Aktiv schetlar
|
|
Kontraktiv schetlar
|
0110
|
Yer
|
0211
|
Yerni obodonlashtirishning eskirishi
|
0111
|
Yerni obodonlashtirish
|
0212
|
Lizing bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish-ning eskirishi
|
0112
|
Lizing bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish
|
0220
|
Bino, inshoatlar va uzatgich moslamalarning eskirishi
|
0120
|
Bino, inshoatlar va uzatgich moslamalar
|
0230
|
Mashina va uskunalarning eskirishi
|
0130
|
Mashina va uskunalar
|
0240
|
Mebel va ofis jihozlarining eskirishi
|
0140
|
Mebel va ofis jihozlari
|
0250
|
Kompyuter uskunasi va hisoblash
|
|
|
|
texnikasining eskirishi
|
0150
|
Kompyuter uskunasi va hisoblash texnikasi
|
0260
|
Transport vositalarining eskirishi
|
0160
|
Transport vositalari
|
0270
|
Ishchi hayvonlarning eskirishi
|
0170
|
Ishchi va mahsuldor hayvonlar
|
0280
|
Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi
|
0180
|
Ko‘p yillik o‘simliklar
|
0290
|
Boshqa asosiy vositalarning eskirishi
|
0190
|
Boshqa asosiy vositalar
|
0299
|
Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi
|
0199
|
Konservatsiyadagi asosiy vositalar
|
|
|
Kapital investitsiyalar – bu yangi ob’ektlarni qurishga, eski ob’ektlarni kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga, shuningdek yangi asosiy vositalarni sotib olishga sarflangan mablag‘lar majmuasi. O‘zbek tili lug‘atida bu so‘zning «kapital qo‘yilmalar» nomli sinonimi ham mavjud.
Kapital investitsiyalar harakteriga ko‘ra ichki investitsiya hisoblanadi, ular bevosita korxonaning qudratini oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lardir.
Kapital investitsiyalar ikki usulda amalga oshirilishi mumkin: pudrat usulida va xo‘jalik usulida.
Pudrat usulidagi kapital investitsiyalar 17 – son BHMS «Kapital qurilishga doir pudrat shartnomalari» ga muvofiq pudratchi, ya’ni qurib beruvchi, va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan pudrat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Pudratchi shartnomaga muvofiq yangi ob’ektni qurish, mavjud ob’ektlarni kengaytirish, rekonstruksiya yoki modernizatsiya qilish kabi ishlarni bajaradi. Buyurtmachi esa shartnomada ko‘rsatilgan bajarilgan ishlar uchun pudratchiga haq to‘laydi. Bajarilgan ishlar bosqichma–bosqich yoki to‘lig‘icha komissiya tomonidan qabul qilinishi mumkin. Bosqichma-bosqich usulda pudratchi ishning tugatilgan qismini qabul qilish-topshirish dalolatnomalariga asosan buyurtmachiga topshiradi. To‘lig‘icha usulda shartnomada ko‘rsatilgan ish to‘lig‘icha bajarilgandan so‘ng qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Birinchi usulda buyurtmachi uchun ishning qabul qilingan bosqichi qiymati, ikkinchi usulda esa to‘lig‘icha qabul qilingan ish qiymati kapital investitsiya summasini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |