Xo‘jalik usulidagi kapital investitsiyalar korxonaning o‘z kuchi bilan amalga oshirilgan yangi qurilish, kengaytirish, rekonstruksiya yoki modernizatsiya ishlarining qiymatidan tashkil topadi. Bu usulda barcha ishlar korxonaning maxsus balansga ajratilmagan qurilish guruhi yoki bo‘limi tomonidan tasdiqlangan loyiha va harajat smetalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bajarilgan ish xuddi pudrat usulidagidek bosqichma-bosqich yoki to‘lig‘icha komissiya tomonidan qabul qilinadi va tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Pudrat yoki xo‘jalik usulida amalga oshirilgan kapital investitsiyalarning hisobi schyotlar rejasida ko‘zda tutilgan № 0800 «Kapital qo‘yilmalar hisobi schyotlari» yordamida hisobga olinadi. 21-son BHMSda asosiy vositalarga doir kapital investitsiyalarni hisobga olish uchun quyidagi schyotlar ko‘zda tutilgan:
0810 «Tugallanmagan qurilish»
0820 «Asosiy vositalarni sotib olish»
0840 «Asosiy podani shakllantirish»
0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar»
Do'stlaringiz bilan baham: |