Kapital ta’mirlash deganda, ma’lum bir vaqtdan keyin ( odatda, bir yildan keyin ) asosiy vositalarni to‘liq qismlarga ajratish, kerak bo‘lganda u yoki bu layoqatsiz bo‘lib qolgan qismlarni to‘liq almashtirish bo‘yicha bajarilgan ta’mirlash ishlari tushuniladi. Kapital ta’mirlash xajmi, murakkabligi va qiymati bo‘yicha joriy ta’mirlashdan katta farq kiladi. Kapital ta’mirlash ishlari maxsus kapital ta’mirlash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Qabul qilingan buxgalteriya hisobi to‘g‘risida Qonunga, Solik Kodeksiga, mahsulot (ish,xizmat)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha harajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizomga, BXMS №1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ga muvofiq korxonalar joriy va kapital ta’mirlashni mablag‘ bilan ta’minlashni quyidagi ikki usulning birida amalga oshirishlari va tanlangan usulni o‘zlarining hisob siyosatlarida belgilab olishlari lozim :
Birinchi usulda korxona ta’mirlash ishlari uchun har oyda o‘zi belgilab qo‘ygan me’yorlarda maxsus rezervga ajratmalar qilib boradi. Joriy va kapital ta’mirlash ishlari yakunlangan oyda ularning qiymati tegishli tasdiqlangan dalolatnomalar asosida rezerv evaziga hisobdan chiqariladi. Yil oxirida ta’mirlash uchun tashkil etilgan rezervning ishlatilmay qolingan qismi harajatlarni kamaytirishga olib boriladi yoki soliq bazasiga qayta kiritish sharti bilan kelgusi yilga o‘tqaziladi.
Ta’mirlash uchun maxsus rezerv tashkil etilganda tuzilgan raschet asosida quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |