0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar» schyotida yuqoridagi schyotlarga kiritilmagan kapital investitsiyalar, jumladan asosiy vositalarni kengaytirishga, rekonstruksiya va modernizatsiyasiga sarflangan kapital qo‘yilmalar hisobga olinadi. Bu harakterdagi qo‘yilmalarning summalari kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish dalolatnomalari asosida harakatda bo‘lib kelgan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi.
Asosiy vositalarni bepul olishning hisobi. Asosiy vositalar yuqori tashkilotdan, boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan bepul kelib tushishi ham mumkin. Bunday asosiy vositalar shartnomalar, schyot-fakturalar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida qabul qilinadi. Ushbu hujjatlar asosida bepul olingan asosiy vositalarga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
Kredit 8530 «Qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mol-mulk»
Bepul berilgan asosiy vositalarni tashib keltirish harajatlari ularning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi va bu hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |