3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Kassadagi pul mablag‘larining hisobi
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
6.2.Kassadagi pul mablag‘larining hisobiKassadagi pul mablag‘larining hisobi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1998 yil 17 dekabrda 565-tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini oshirish Qoidalari»ga va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga muvofiq olib boriladi. Ushbu me’yoriy hujjatga asosan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kassa xo‘jaligini tashkil etishlari lozim. Kassa xo‘jaligi o‘z ichiga quyidagi elementlarni oladi: Kassa bo‘yicha moddiy javobgar shaxs, ya’ni kassir, u bilan moddiy javobgarlik to‘g‘risida tuzilgan shartnoma; Tegishli xavfsizlik vositalari bilan ta’minlangan va jihozlangan kassa xonasi. Ushbu xonaning eshik va derezalariga temir panjaralar o‘rnatilgan bo‘lishi, ichida temir seyflar, signalizatsiya va o‘t o‘chirish anjomlari bo‘lishi zarur; Kassa bo‘yicha hujjatlar tizimi, ya’ni kassa kitobi, kirim va chiqim kassa orderlari, ularni qayd etish jurnali va boshqalar. Kassaga pul mablag‘lari turli manbalardan kelib tushadi, masalan bankdan, savdo shahobchalaridan, korxona xodimlaridan va boshqa manbalardan. Barcha hollarda pul mablag‘lari kassaga «Kirim kassa orderi» hujjati asosida qabul qilinadi. Ushbu barcha korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga ega bo‘lgan hujjat buxgalteriyada tuziladi, unga kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnali bo‘yicha tartib raqami beriladi. Kirim kassa orderi chap va o‘ng tomonlarga bo‘linadi. Uning chap tomoni kirim kassa orderi deb atalib, unda pul mablag‘larining kimdan, qachon, nima maqsadda va qancha miqdorda olinganligi ko‘rsatiladi. Hujjatning o‘ng tomoni kirim kassa orderiga kvitansiya deb ataladi va unda ham chap tomondagi yozuvlar bir xil mazmunda aks ettiriladi. Kirim kassa orderi bosh hisobchi va pulni qabul qilib olgan kassir tomonidan imzolanadi. Hujjatning chap tomoni kassirda qoladi, o‘ng tomoni esa pulni topshirgan shaxsga beriladi. Kassadan pul mablag‘lari turli maqsadlarda chiqim qilinadi, masalan ish haqi, nafaqa, safar harajatlari va boshqa maqsadlarda, shuningdek kelib tushgan savdo tushumi va boshqa maqsadlarda olingan pullar bankdagi korxonaning hisob-kitob schyotiga topshiriladi. Barcha hollarda pul mablag‘larining kassir bo‘ynidan soqit etilishi «Chiqim kassa orderi» hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat ham hamma korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga ega. Unda qachon, kimga, nima uchun , qancha miqdorda pul berilganligi, olgan shaxsning haqiqatda pulni qanday hujjat asosida olganligi to‘g‘risida ma’lumotlar yoziladi. Chiqim kassa orderi korxona rahbari, bosh hisobchi, kassir va pulni olgan shaxs tomonidan imzolanadi. Hujjatlar sonini ko‘paytirib yubormaslik uchun kassadan ish haqi, mukofat pullari, nafaqalar, safar harajatlari va boshqalar oldin kassadan qaydnomalar asosida berilishi, shundan so‘ng ularning umumiy summasiga bitta chiqim kassa orderi tuzilishi mumkin. Bunday hollarda chiqim kassa orderlarida ushbu qaydnomalarning tartib raqamlari, qaydnomalarda esa – chiqim kassa orderining tartib raqami ko‘rsatiladi. Barcha chiqim kassa orderlariga kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnali bo‘yicha tartib raqamlari beriladi. Kirim va chiqim kassa orderlarida tuzatishlar, bo‘yab yozishlar, bitta tartib raqamini takrorlanishi mumkin emas. Kirim va chiqim kassa orderlari asosida kassir «Kassa kitobi»ni yuritadi. Ushbu kitob tikilgan, nomerlangan, korxona rahbari va bosh hisobchi tomonidan imzolangan va korxona muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Kitobning har bir varag‘i ikki qismdan iborat bo‘lib, o‘ng qismi chap qismining tagiga bukiladi, ular o‘rtasiga nusxa o‘tqazuvchi qog‘oz qo‘yiladi. Kassir kitobning chap qismiga davr boshiga kassadagi pul mablag‘larining qoldig‘ini, keyingi qatordan boshlab oldin kirim kassa orderlari bo‘yicha qabul qilingan pul mablag‘larini, keyin esa chiqim kassa orderlari bo‘yicha pul mablag‘larini chiqimini alohida ustunchalarda ko‘rsatadi. Barcha kirim va chiqim kassa orderlari yozilgach, kirim va chiqim summalari jamlanadi. Kitobning so‘ngida kassir davr oxiriga kassada qolgan pul mablag‘larining qoldig‘ini, shu jumladan tarqatilmay qolingan ish haqi summasini, yozadi. Kassa kitobining o‘ng tomoni yirtib olinadi va hisobot sifatida barcha kirim va chiqim hujjatlari bilan birga imzolanib buxgalteriyaga topshiriladi. Kassirning hisoboti buxgalter tomonidan tekshirib qabul qilinadi, hisobotning oxirgi qismida unga nechta kirim va chiqim hujjatlari kiritilganligi yoziladi va imzolanadi. Kassa kitobida ham boshqa kassa hujjatlari kabi bo‘yab yozishlar, tuzatishlar mumkin emas. Buzilgan kassa kitobining varaqlari qayta yoziladi, buzilgan varaqlar kitobda saqlanishi kerak. Buxgalteriyaga topshirilgan kassa hisoboti va unga ilova qilingan boshlang‘ich hujjatlar kassadagi pul mablag‘larining sintetik va analitik hisobi registrlarini ( 1-son jurnal-order va 1-son qaydnomani) yuritishga asos bo‘ladi. Chet el valyutasi bo‘yicha kassa operatsiyalari yuz bergan hollarda, ularga doir muomalalar alohida kassa kitobida qayd etiladi. Kassadagi pul mablag‘larining sintetik hisobini yuritish uchun 21- son BHMS da 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» va 5020 «Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari» schyotlar ko‘zda tutilgan. Ushbu aktiv schyotlarning debet tarafida pul mablag‘larining qoldiqlari va davr maboynidagi kirimlari, kredit tarafida esa ularning chiqimlari aks ettiriladi. Ushbu schyotlar bo‘yicha asosiy buxgalteriya yozuvlari quyidagilardan iborat bo‘ladi.
Kassada turli pulli ekvivalentlar ( markalar, biletlar, yo‘llanmalar va boshqalar ) saqlanishi mumkin. Bunday pulli ekvivalentlarning hisobi mahsus 5610 « Pulli ekvivalentlar» schyotida hisobga olinadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling