Kassadagi pul mablag‘lari – bu korxonaning kunlik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan, turli maqsadlar va manbalardan kelib tushgan, belgilangan muddatlar va miqdorlargacha saqlanadigan kassadagi pul mablag‘lari. Kassada saqlanishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larining eng kichik miqdori kassa limiti deb ataladi va u korxona tomonidan aniqlanib, xizmat qiluvchi bank bilan tuzilgan shartnomada ko‘rsatiladi.
Yo‘ldagi pul mablag‘lari – bu korxona kassasidan bankga turli yo‘llar bilan topshirilgan, masalan inkassatorlar orqali, aloqa bo‘limi orqali, bankning kechki kassalari orqali, lekinda oyning oxirida hali hisob-kitob schyotiga kirim qilinganligi bank ko‘chirmasi bilan tasdiqlanmagan pul mablag‘lari. Pul mablag‘lari hisob-kitob schyotiga kirim qilingan kundan boshlab ular yo‘ldagi pul mablag‘lari guruhidan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |