3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Boshqa schyotlardagi pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining hisobi


Download 0.61 Mb.
bet96/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

6.5.Boshqa schyotlardagi pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining hisobi


Korxonalarning pul mablag‘lari kassa, hisob-kitob va valyuta schyotlaridan tashqari yana quyidagi boshqa aktiv schyotlarda ham hisobga olinadi.



  • 5510 «Akkreditivlar» - bu schyotda bank muassasalarida korxonaning u yoki bu mijozi bilan hisob-kitoblarni olib borish uchun ochilgan schyotlaridagi pul mablag‘larining holati va harakati aks ettiriladi. Akkredetiv schyotlar qisqa muddatlarga korxonaning mablag‘lari yoki bank kreditlari hisobidan ochilishi mumkin, bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:

Debet 5510 «Akkreditivlar»

Kredit 5110»Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari» .

Akkredetiv schyotlar ulardagi mablag‘larning ishlatilishi bilan, shuningdek ishlatilmay qolgan mablag‘larni tashkil etilgan manbasini aks ettiruvchi schyotga qaytarilishi bilan yopiladi, ya’ni:

Debet 6010 «Ta’minotchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar», 5110»Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari» .

Kredit 5510 «Akkreditivlar»

1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling