3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Boshqa kreditorlar oldidagi qarzlar –


Download 0.61 Mb.
bet10/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

Boshqa kreditorlar oldidagi qarzlar – bu turli xizmatlar, foizlar, kamomadlar, da’volar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha korxonaning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar olidagi qarzi.

Foyda(F) – bu korxonaning daromadlari ( D) va harajatlari(X) o‘rtasidagi ijobiy farq, ya’ni

F = D > X.

Demak, qanchalik daromad ko‘p bo‘lib, harajat kam bo‘lsa, korxonaning foydasi shunchalik ko‘p bo‘ladi.



Zarar – bu korxonaning daromadlari va harajatlari o‘rtasidagi salbiy farq, boshqachasiga harajatlarni daromaddan ko‘p bo‘lishi, ya’ni:


Z = D < X


Demak, korxona daromadga qanchalik ko‘p harajat bilan erishsa, uning zarari shunchalik ko‘p bo‘ladi.

Buxgalteriya balansi negizida «balans» so‘zi yotadi. Bu so‘z lotincha «bis», ya’ni «ikkita» va «lanx», ya’ni «tarozi pallasi» so‘zlaridan olingan bo‘lib, o‘zaro tenglik, bir xillik ramzi hisoblanadi.

Buxgalteriya balansi ikki tomonli, ya’ni chap va o‘ng tomonli , jadval ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Jadvalning chap tomoni «Aktiv», o‘ng tomoni esa – «Passiv» nomi bilan ataladi. Jadvalning «Aktiv» tomonida korxonaning xo‘jalik aktivlari turlari bo‘yicha , jadvalning «Passiv» tomonida esa xo‘jalik aktivlari tashkil topish manbalari bo‘yicha aks ettiriladi. «Aktiv» va «Passiv» tomonlarda ko‘rsatilgan aktivlar va ularning tashkil topish manbalari summalarining yig‘indisi bir biriga teng keladi, aynan shu tenglik «balans» deyiladi.

O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanilayotgan buxgalteriya balansining «Aktiv» tomoni xo‘jalik aktivlarini xizmat muddatiga ko‘ra quyidagi ikki bo‘lim bo‘yicha tizimlashga asoslangan:




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling