Doimiy schyotlar deganda hisobot davrining oxirida qoldiqqa ega bo‘ladigan va buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlarni hisobga olishga mo‘ljallangan schyotlar tushuniladi.
Tranzit schyotlar deganda hisobot davrida korxonaning daromad va harajatlarini hisobga olish uchun qo‘llanilib, hisobot davrining oxirida yopilib ketadigan va qoldiqqa ega bo‘lmaydigan schyotlar tushuniladi.
Balans tomonlarida joylashishiga ko‘ra buxgalteriya hisobi schyotlari aktiv, kontraktiv, passiv, kontrpassiv schyotlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |