Inventarizatsiya ob’ekti
|
Inventarizatsiyani o‘tqazish muddatlari
|
Qaysi BXMSga muvofiq
|
Asosiy vositalar
|
Ikki yilda bir marta yillik hisobot oldidan
|
5- son BXMS,
19-son BXMS
|
Kutubxona fondi
|
Besh yilda bir marta
|
5- son BXMS,
19-son BXMS
|
Tovar-moddiy boyliklar (yoqilg‘i, oziq –ovqatlar, qimmatbaho metallardan
tashqari)
|
Yiliga kamida bir marta
|
4-son BXMS,
19-son BXMS
|
Yoqilg‘i, oziq –ovqatlar
|
Har chorakda
|
4 –son BHMS
19-son BXMS
|
Qimmatbaho metallar
|
Tarmoq yo‘riqnomasiga muvofiq belgilangan
muddatlarda
|
Maxsus yo‘riqnoma
|
Pul mablag‘lari,
Pulli ekvivalentlar va
hujjatlar
|
Har oyda bir marta
|
12- son BXMS 19—son BXMS
|
Hisob-kitoblar
|
Bir marta yillik hisobot oldidan
|
19-son BXMS
|
Inventarizatsiyaning natijasida hisob ma’lumotlaridan chetlanishlar aniqlanishi mumkin. Bunday chetlanishlar bo‘lib kamomad va ortiqchalar hisoblanadi. Aniqlangan kamomadlar ning belgilangan me’yorlardan tashqarisi moddiy javobgar shaxslardan qonun doirasida o‘ndirilib olinadi. Aniqlangan ortiqchalar korxonaning daromadiga olinadi.
Hisobot – bu ma’lum davrdagi moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini pulda belgilangan shakl va mazmunda ifodalash usuli.
Moliyaviy hisobot –bu korxona va tashkilotlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini o‘zida mujassamlashtirgan hisobot shakllari majmuasi.
Moliyaviy hisobot davlat ahamiyatiga molik buxgalteriya hujjatlari tizimi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotning turlari, tarkibi, shakllari, tayyorlanishi va taqdim etilishi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan Qoidalar va Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu hujjatlarga asosan moliyaviy hisobot choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarga bo‘linadi. Ularda ma’lumotlar yil boshidan o‘sib borish tartibida ko‘rsatiladi va mos ravishda choraklik, yarim yillik, to‘qqiz oylik va yillik faoliyat natijalarini ko‘rsatadi.
Moliyaviy hisobotlar shakllarini to‘ldirish Tartibiga muvofiq moliyaviy hisobotning tarkibi hisobot davrlari bo‘yicha o‘z ichiga quyidagi hisobot shakllarini oladi:
-
Do'stlaringiz bilan baham: |