Debet 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”
Kredit 4410 “ Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha avans to‘lovlari” (turlari bo‘yicha).
Avans to‘lovlaridan keyingi qolgan majburiyatlar summalari byudjetga belgilangan muddatlarda o‘tqazib berilishi kerak. O‘tqazilgan majburiyatlarga quyidagi yozuvlar qilinadi:
Debet 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”
Kredit 5010,5110,5210,5510,5530,5890 (pul mablag‘lari schyotlari)
Agar byudjet oldidagi majburiyatlar bank kreditlari va olingan qarzlar evaziga uzilsa, u holda:
Debet 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”
Kredit 6810,6820 (kredit va qarzlar schyotlari)
Korxonalarga o‘z xodimlarini daromadlaridan soliqlarni hisoblash va byudjetga o‘tqazib berish bo‘yicha ham majburiyatlar yuklatilgan. Xodimlar daromadlaridan olinadigan daromad solig‘i maxsus tasdiqlangan shkala bo‘yicha hisoblanadi va byudjetga o‘tqazib beriladi. Ish haqidan ushlab qolingan daromad solig‘i hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 6710 “ Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar”
Kredit 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”
Do'stlaringiz bilan baham: |