Ish haqi – bu xodimga bajargan ishi yoki ishlagan vaqti uchun hisoblangan rag‘batlantirishning miqdori.
Korxona uchun hisoblangan ish haqi, bir tomondan ,harajat, ikkinchi tomondan, to‘lanishi kerak bo‘lgan majburiyat hisoblanadi. Xodim uchun ish haqi uning ishlab topgan daromadi hisoblanadi.
Ish haqining ikkita shakli, ya’ni ishbay va vaqtbay shakllari, shuningdek uning ikkita turlari, ya’ni asosiy ish haqi va qo‘shimcha ish haqi turlari, mavjud.
Ishbay ish haqi deganda xodimlarga haqiqatda bajargan ishlari uchun hisoblangan ish haqi tushuniladi. Ushbu ish haqi shaklida xodimga hisoblanadigan ish haqining miqdori bevosita u bajargan ishning hajmiga va bir birlik ish uchun belgilangan ish haqi summasiga bog‘liq bo‘ladi. Ish haqining ushbu shakli ishchilar, quruvchilar, sotuvchilar va boshqa bevosita ish bajaruvchilar uchun qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |