Ta’minotchilar oldidagi majburiyatlar ulardan TMB, uzoq muddatli aktivlar, turli ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblarni va oxirgi to‘lovlarni keyinchalik amalga oshirganda vujudga keladi. Haridorlar oldidagi majburiyatlar esa ulardan hali jo‘natilmagan TMB lar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni avans tariqasida oldindan olib qo‘yilganda vujudga keladi. 21- son BHMS ga muvofiq bunday tovar harakteridagi majburiyatlar hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi:
6010 “ Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”
6020 “Berilgan veksellar”
6110 “ Alohida ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotllar”
6120 “ Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”
6310 “Haridor va buyurtmachilardan olingan avanslar”
Ushbu passiv schyotlarning kreditida ta’minotchi va haridorlar oldidagi majburiyatlarning vujudga kelishi, ularni ko‘payishi va oxirgi qoldiqlari, debetida esa majburiyatlarni uzilishi aks ettiriladi. Majburiyatlarni vujudga kelishida uzoq muddatli aktivlar schyotlari (0110-0190,0410-0490,0710,0810-0890), TMZ schyotlari (10101090,1110-1120,2010,2310,2510,2810,2910-2990), davr harajatlari schyotlari ( 9410,9420,9430) va boshqa schyotlar debetlanadi. Majburiyatlarni uzilishida pul mablag‘lari schyotlari (5010,5110,5510-5530,5210,5220), kredit va qarzlar schyotlari ( 6810,6820,7810,7820) va boshqa schyotlar kreditlanadi. Ta’minotchilar va haridorlar bilan hisob-kitoblarning analitik hisobi ularning har biri bo‘yicha alohida yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |