Debet 9430 “ Boshqa operatsion harajatlar”
Kredit 4910 “Shubhali qarzlar bo‘yicha rezerv”
Shubhali qarzlar da’vo muddatlari o‘tgandan so‘ng yoki ularni da’vo muddati o‘tmasdan oldin hisobdan chiqarishga yetarli asoslar bo‘lganda, masalan debitor korxonaning yopilib ketganligi aniq bo‘lsa, tashkil etilgan rezerv hisobidan hisobdan chiqariladi va unga quyidagicha buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Debet 4910 “Shubhali qarzlar bo‘yicha rezerv”
Kredit Debitorlik qarzlar schyotlari ( 4010-4020,4110-4120,4310-4330,4810-4890
).
Hisobot yilning oxiriga kelib ishlatilmayin qolingan rezerv summasi korxonaning hisob siyosatida ko‘rsatilgan tartibga muvofiq kelgusi yilga qoldiq sifatida o‘tqazilishi yoki bekor qilininishi mumkin. Agar shubhali qarzlar rezervi kelgusi yilga o‘tqazilsa, u holda uning summasiga balansda debitorlik qarzlar kam qilib ko‘rsatiladi. Agar shubhali qarzlar rezervining ishlatilmayin qolingan qismi bekor qilinsa, u holda ushbu summaga rezervga ajratma summasi storno qilinadi, ya’ni quyidagi qizil rangdagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |