3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


- usul. Debitorlik qarzlari summasiga nisbatan hisoblash usuli


Download 0.61 Mb.
bet130/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

2- usul. Debitorlik qarzlari summasiga nisbatan hisoblash usuli. Ushbu usulda mavjud debitorlik qarzlari to‘lovi o‘tib ketgan muddatlari bo‘yicha guruhlab chiqiladi ( masalan , 30 kungacha, 60 kungacha, 90 kungacha, 90 kundan ortiq va shu kabi). Har bir guruh bo‘yicha debitorlik qarzlarning umumiy summalari topiladi va ushbu summalardan shubhali qarzlar rezerviga foizlarda belgilangan me’yorlar bo‘yicha ajratmalar qilinadi. To‘lov muddatlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, rezervga ajratmaning me’yori ham shunchalik katta bo‘ladi. Barcha guruhlar bo‘yicha topilgan rezerv summalari jami shubhali qarzlar rezervini tashkil etadi. Agar oldingi davrlarda rezerv schyotida ishlatilmayin qolingan summa mavjud bo‘lsa, u holda rezervga oxirgi ajratmani qilishda ushbu summa kamaytiriladi, agar oldingi davrlarda rezerv schyoti manfiy summaga ega bo‘lgan bo‘lsa, ya’ni ishlatilgan summa tashkil etilgan summadan ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, u holda oxirgi ajratma summasiga ushbu manfiy summa miqdori ham qo‘shib hisoblanadi.

Shubhali qarzlar rezervini tashkil etishning tanlangan usuli, rezervga ajratmalarning foizlarda belgilangan me’yorlari korxonaning hisob siyosatida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Har ikkala usulda ham tashkil etilgan rezerv

4910 “ Shubhali qarzlar bo‘yicha rezerv” kontraktiv schyotida hisobga olinadi. Rezervga ajratmaga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling