4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” - ushbu schyotda korxonaning boshqa yuqoridagi schyotlarda aks ettirilmay qolgan olinadigan joriy to‘lovlarining holati va harakati aks ettiriladi.
Shubhali qarzlar bo‘yicha rezervlarning hisobi. To‘lovi shubhali bo‘lgan debitorlik qarzlarni hisobot davrlari bo‘yicha bir maromda hisobdan chiqarib borish maqsadida korxonalar maxsus rezerv tashkil etishlari mumkin. Ushbu rezervni tashkil etishning ikki usuli mavjud:
1-usul. Sotilgan tovarlar hajmiga nisbatan hisoblash usuli. Ushbu usulda har oylik rezerv summasi naqdsiz yo‘l bilan sotilgan tovarlar hajmini rezervga ajratma qilishning foizlarda belgilangan me’yoriga ko‘paytirish va 100 foizga bo‘lish orqali aniqlanadi. Aniqlangan summa yil boshidan boshlab mavjud bo‘lgan shubhali qarzlar rezervi summasiga qo‘shib boriladi, ya’ni uni ko‘paytiradi. Shubhali deb tan olingan va kelib tushishi dargumon bo‘lgan qarzlar tashkil etilgan rezerv hisobidan hisobdan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |